Hozirgina xabar berganimizdek yurtimizning taniqli ulamolari poytaxtimiz masjidlariga tashrif buyurishib, jome masjidlarda namoz o'qish uchun jamlangan jamoatga mavlid oyi fazilati, yurtimizda dinimizning sof ma'rifatini tanitish, diniy-ma'rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va ushbu islohotlarning samaralari, shukronalik, tinchlikning qadriga etish va boshqa bir qancha mavzularda mav'izalar qilib berishmoqda. Taniqli ulamolar asr namozidan so'ng jumladan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov – “Shayx Zayniddin”, Yaxyo domla Abduraxmonov “Qo'yliq ota”, Isoqjon domla Begmatov “Islom ota”, Abdulxakim qoraka Komiljon o'g'li “Novza” masjidlarida namozxonlarga ilmiy asosdagi suhbatlar qilib berdilar.
Ma'ruzalar savol-javoblarga ulanib ketdi. Tashriflar davom etmoqda bizni kuzatib boring.







O'zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Jannatda bir xona bor, uning ustki tomoni ichidan, ichki tomoni ustidan ko‘rinadi. U xonani Alloh taolo taom ulashgan, so‘zini muloyim qilgan, ro‘zani (Ramazondan keyin ham) davom ettirgan va odamlar uxlaganda namoz o‘qiganlar uchun tayyorlab qo‘ygan", dedilar (Imom Ahmad, Bayhaqiy rivoyati).