Rassom Naji Barishan 50 ta islom yodgorligini teri parchalariga chizdi va AQSh va Avstraliyada galereyalar ochishni rejalashtirgan. Anqarada yashar ekan, o'rta maktabda xattotlik va miniatyura rassomligiga qiziqib qoldi. Bu qiziqish uni Istanbuldagi Marmara universitetida tasviriy san'atni o'rganishga olib keldi. O'qishni bitirgach, Anqaraning Mamak tumani masjidida muazzin bo'lib ishlab keladi.
Jurnalistlar bilan suhbatda Barishan o'z uyidagi xonalardan birini charmga chizish ustaxonasiga aylantirganini aytdi. Avstraliyada taxminan etti yil yashagandan so'ng, u turli madaniyatlar ban tanishdik, bu uning san'atida taraqqiyotga olib keldi. Avstraliyada ko'rgan asarlari uni charm buyumlarga rasm chizishni boshlashga ilhomlantirdi.
Islam.ru xabariga ko'ra, boshqa materiallarga qaraganda terini tanlashining sababini tushuntirib, rassom charmqadimiy va an'anaviy material ekanligini aytdi. Uning suratlari orasida Iroqning "Mal'viya" masjidi, Afg'onistondagi Hirotning "Buyuk masjidi" va Pokistonning "Vazir Hon" masjidilari bor.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Toshkent viloyatida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan viloyat imom-xatiblari va noiblari o‘rtasida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda diniy soha xodimlarining huquqiy savodxonligi, Konstitutsiya haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlovda g‘oliblar aniqlanib, ulaga esdalik sovg‘alari hamda Haj va Umraga (guruh rahbari bo‘lib) yo‘llanmalar berildi.
G‘oliblar:
1. Zangiota tumani “Sadr ota” jome masjidi imom-xatibi Izzatillayev Fayzulloh domla Haj;
2. Toshkent tumani “Ayri ota” jome masjidi imom noibi Sultonov Abu Bakr domla Haj;
3. Bo‘stonliq tumani “Mulla Po‘lat ota” jome masjidi imom-xatibi Isomov Nig‘matilla domla Umra;
4. Olmaliq shahar “Hilol” jome masjidi imom noibi Muydinxonov Sayidmuhammadxon domla Umra yo‘llanmasini (guruh rahbari bo‘lib) qo‘lga kiritdi.
Fursatdan foydalanib, barcha g‘oliblarni samimiy qutlaymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati