Jamiyatimizda inson qadri yuqori, har bitta inson davlatimiz e'tiborida. Shu jumladan, muqaddas dinimizda ham inson qadri, uning sha'ni va hayoti e'zozlanib keladi.
Ijtimoiy yordamga muhtoj odamlarga, ya'ni kekseler, nogironlar, yolg'izlar, ahvoli nocharlar va aholining boshqa toifalariga yordam berish jamiyatning yuqori manaviyati va madaniyatidan dalolat beradi. Yaqinlariga yordam berish, hamdard bo'lish sadaqa berish azal-azaldan milliyligimizga hos fazilat.
Payg'ambarimiz alayhissalam: «Rizqingizga sadaqa bilan ko'mak bering”, deydi. Aslida, sadaqa so'zi “sidq” so'zidan olingan bo'lib, “yaxshilik” degan ma'noni anglatadi.
Nukus Imom eshon Muhammad jome masjidi majlislar zalida respublikamizdagi eshitish va gapirish qobiliyatida nuqsoni bor fuqarolar bilan marifiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o'rinbosari R. Saparbayev, Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyatie qozisi Sh. Bauatdinov, O'zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi M. Abubakirova va boshqalar ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilariga mutaxassislar tomonidan islom dini ko'p asrlardan bizga meros bo'lib kelayotgan yaxshilik, bag'rikenglik dini ekanligi, uning mazmun-mohiyati, shuningdek, bugungi kunda dinimiz rivojiga o'zining salbiy ta'srin tekkizayotgan missionerlik va prozeletizm harakatlaridan ogoh bo'lish, ularning hiylalariga uchmaslik va boshqada ahamiyatli masalalar haqida surdo tarjimo orqali etkazildi.
Ishtrokchilar orasida bilib-bilmay, ayrim sabablar bilan missionerler ta'siriga tushib qolgan fuqarolar hidoyat topdi va bunday tadbirning tez-tez o'tkazilib turishi haqida o'zlarining takliflarini bildirdi.
Tadbir davomida Nukus Muhammad ibn Axmad al Beruniy madrasasi oshxonasida Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti va «Vaqf» xayriya jamoat fondi Qoraqalpog'iston bo'limi tomonidan osh berildi va ularga diniy-marifiy adabiyotlar, oziq-ovqat mahsulotlari berildi.






Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Jizzax viloyati Zomin tumani bosh imomi hamda "Ma’rifatli" masjidi imom-xatibi Abror domla Ravshanovning akalari Abdulla otaning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhumni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olsin, barcha sahvu xatolarini kechirib, rahmatiga chulg‘asin, qabrlarini jannat bog‘chalaridan qilib, oxiratlarini obod aylasin!
Haq taolo marhumning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz