Bangladeshlik yosh imom Hofiz Moynul so'nggi ikki hafta davomida o'z masjidiga suzib bormoqda.
Islam.ru xabariga ko'ra, u Gulab tsikloni Janubiy Osiyo mamlakatining bir qismiga yopirilib, ibodatxona joylashgan hudud suv ostida qolganidan keyin bunga majbur bo'ldi.
Hofiz Moynulning aytishicha, u masjidni ibodatsiz qoldirishni xohlamagan, shuning uchun har kuni u suzib yoki uni olib borib qo'yadiganlar bo'lsa qayiqda masjidga etib oladi.
"Bu masjid bo'lgani uchun men uni bo'sh qoldira olmayman, shuning uchun kuniga 5 mahal undan azon sadolari eshitiladi va Alloh nomi bilan namoz o'qiladi", - deydi imom.
Ba'zan bir-ikki mo'min namoz o'qish uchun masjidga keladi, lekin ko'pincha Hofiz Moynul besh farz namozidan to'rttasini yolg'iz o'zi bajaradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati