Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.
Shayx, doktor Nuriddin Itr rahimahulloh dedilar:
«Har bir salohiyat sohibini, xossatan, hadis ilmlari talabalarini komp'yuterni barcha imkoniyatlari bilan mukammal to'liq o'rganishga chaqiramiz. Komp'yuterda bugungi kunda ishlab chiqilgan ko'plab ilmiy dasturlar orqali, ayniqsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini o'rganishda uning e'tibor va tahsinga loyiq ko'plab jihatlari bor. Ulardan:
1. Kerakli ma'lumot yoki kerakli hadisni havola va manbalar orqali topishda osonlik;
2. Ko'pgina vaqtni tejash, har bir tadqiqotchi, har bir musulmon kishi uchun vaqt muhofazasi va bajarayotgani ishini puxtaligi va sifati muhimdir.
3. Uy-joy, makonni iqtisod qilinishi. Ya'ni, qulay dasturlar joy band etmaydi, masofalarni qisqartiradi.
4. Turli ilmlar va madaniyatlar o'rtasidagi aloqalarning engilligi va qulayligi.
Manba: arabic.uz
17 noyabr kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosarlari Xayrullo domla Sattarov va Nursultonxon domla Abdumannonovlar Finlandiya musulmonlari jamiyati imomi Ramil hazrat Belyayev rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildilar.
Mehmonlar mamlakatimizda keng nishonlanayotgan 16 noyabr – "Xalqaro bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar. Uchrashuvda Finlandiya delegatsiyasi Samarqandda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy islohotlar, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik sohasidagi faoliyatni yuqori baholadi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonch bildirdi.
Shuningdek, mehmonlar shahrimizning ko‘hna qadamjolari va madaniy meros obyektlarini ko‘rishdan katta zavq olganliklarini ta’kidladilar. Uchrashuv samimiy va foydali ruhda o‘tdi, va tomonlar esdalik sovg‘alari almashdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi Matbuot xizmati