O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning "Qur'oni karim va tajvidni o'rgatish" bo'limi mudiri o'rinbosari Abror Abduazimov (Abror Muxtor Aliy)ning farzandi vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etadi.
Alloh taolo Abror Muxtor Aliy va uning yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o'qituvchi-mudarrislari nomidan Abror Muxtor Aliyning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
#tabrik
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari agar hayit kuni uchrashib qolishsa, bir-birlarini:
تقبل الله منا ومنكم
"Taqobbalallohu minnaa va minkum"
"Alloh biz va sizdan (ibodatlarimizni) qabul qilsin", deb tabriklashardi.
Alloh taolo ibodatlaringizni O‘z dargohida husni qabul etsin. Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!