Bugun, 12 oktyab' kuni bir guruh ulamolar Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Qo'shqo'rg'on” jome masjidining yangi binosi qurilishini ko'zdan kechirib, uning qurilishiga tabarrukona g'isht qo'yib berishdi.
Marosimda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Masjidlar bo'limi mudiri Muhammadnazar domla Qayumov, O'MI Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari Abduqahhor domla Yunusov va boshqalar qatnashdi.
Ma'lumot uchun, masjid ilk bor 1914 yilda qurilgan. Mustabit tuzimi davrida masjid faoliyati to'xtab qolgan. U 1989 yilga kelib qayta ochilgan.
2021 yil mart oyida jome yangi binosini qayta qurish ishlari boshlandi. Honaqosi 5 ming kishiga mo'ljallab barpo etilmoqda. Eskisiga 600 kishi sig'ar edi. Hozirda masjid xonaqosi poydevori qo'yilib, g'isht terish ishlari jadal olib borilmoqda. Minorasining balandligi 35 metr bo'lishi reja qilinmoqda.
Shuningdek, 50 sotoxni o'z ichiga olgan majmuada ayollar namozxonasi, ma'muriyat xonasi, qarovulxona va boshqa xizmat binolari o'rin olgan.
Ayni paytda yangi tahoratxonaning binosi bitkazilib, tom qismini yopish ishlari ketmoqda. Masjid yangi binosi qurilishini 2022 yilda bitkazish reja qilingan.
Tadbir so'ngida homiylar, usta-quruvchilar va bu xayrli ishga hissa qo'shayotgan barcha azizlarning haqiga xayrli duolar qilindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
#xushxabar #yangi_nashr
Yurtimiz allomalari qoldirgan bebaho ilmiy asarlarni o‘rganish, ularni ona tilimizga tarjima qilib xalqimizga yetkazish bugungi kunning muhim masalalaridan.
Ulug‘ vatandoshimiz, qomusiy olim Imom Abulqosim Mahmud ibn Umar Zamaxshariy rahmatullohi alayhning “Maqomoti Zamaxshariy” asari ana shunday qimmatli manbalardan biri hisoblanadi.
Oradan qariyb ming yil o‘tganiga qaramay haligacha ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan ushbu nodir asar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari, ustoz Homidjon qori Ishmatbekov tomonidan tarjima qilinib, nashr etildi.
Ushbu asar ellikta maqomadan iborat bo‘lib, unda har bir musulmon kishida bo‘lishi talab etiladigan poklik, qanoat, nafs tarbiyasi, iffat, do‘stlik, taqvo, sabr, shukr, Allohdan qo‘rqish kabi go‘zal odoblardan namunalar bayon qilingan.
Arab tiliga qiziquvchi, kelajakda tilshunos bo‘lish istagida bo‘lganlar uchun ham muhim manba bo‘lgan ushbu asarni Alloh taolo xalqimizga muborak aylasin!
Ma’lumot o‘rnida, "Maqomati Zamaxshariy" kitobini yurtimizdagi kitob do‘konlari hamda "Shamsiddinxon Boboxonov" nashriyot matbaa ijodiy uyidan xarid qilish mumkin. (Bog‘lanish raqamlari: +998712273430, +998998391607).
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati