Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyul, 2025   |   15 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:59
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:36
Bismillah
10 Iyul, 2025, 15 Muharram, 1447

Saudiyaning “Kisva” korxonasi eski kiyimlardan ekologik toza moda yaratadi

12.10.2021   1098   1 min.
Saudiyaning “Kisva” korxonasi eski kiyimlardan ekologik toza moda yaratadi

Saudiya Arabistonining “Kisva” korxonasi ortiqcha kiyimlarni xavfsiz tashish va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun hamjihatlik va jamoaviy hamkorlik ruhini targ'ib qilish uchun xayriya tashkilotlari bilan ish boshladi.

Tashkilotda kiyimlarni yig'ish, saralash, tayyorlash va uyushmalarga etkazib berish uchu bir jamoa ishlaydi.

Loyiha bo'yicha keraksiz holga kelgan buyum va to'qimachilik mahsulotlaridan qutulmoqchi bo'lgan odamlarning ortiqcha kiyimini yig'adi. Keyin xayr-ehsonlar saralanadi. Yaxshi saqlangan va yangi buyumlar dezinfektsiya qilinib, muhtojlarga tarqatiladi. Yaroqsiz ashyolar esa qayta ishlanadi.

“Kisva” tashkilotida eskirgan kiyimlar materiali, turi, rangi bo'yicha saralanadi, so'ng qayta tolaga aylantirilib, chiqindisi minimal bo'lgan yangi mahsulot tayyorlanadi.

– Shu kunlarda barqaror modani yaratish uchun Saudiyaning etakchi dizaynerlari Nasiba Hofiz, Zakiya Attar, Hunaida Serafiy bilan ish olib boryapmiz. Bundan maqsad g'oya barqaror bo'lishi, materiallardan foydalanish va sotiladigan dizaynni ishlab chiqish edi. Bundan tushadigan barcha daromadlar tashkilotni qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi ", – dedi tashkilot bosh direktori Daniya Al-Maina “Arab news” matbuotiga bergan interv'yusida.

O'MI Halqaro aloqalar bo'limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Namozga kirishda, qo‘llar qachon ko‘tariladi?

09.07.2025   4314   1 min.
Namozga kirishda, qo‘llar qachon ko‘tariladi?

Savol: Namozga “Allohu akbar”, deb quloq qoqishda “Allohu akbar” dagi “r” ga kelganda ikki qo‘lni bosh barmog‘i quloq yumshog‘iga tegiziladimi? Shunday deb, eshitdim.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozga kirishda avval ikki qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, bosh barmoqlarni quloqning yumshoq joyiga tegiziladi. So‘ng “Allohu akbar”, deb, namozga kirishiladi.

Bu haqida Faqih Abu Ja’far rahimahulloh bunday zikr qilganlar: “Ikki kaftini ichki taraflari bilan qiblaga yuzlanadi va panjalari yozadi hamda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. Qachonki, ikki bosh barmog‘i ikki quloqlarining yumshoq joylariga tegsa, “Allohu akbar” deb namozga shuru’ qiladi.

Shamsulaimma Saraxsiy rahimahullohga ko‘ra, barcha mashoyixlar shunga ittifoq qilganlar (“Muhiyt” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.