Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Noyabr, 2026   |   16 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:15
Asr
15:15
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
26 Noyabr, 2026, 16 Jumadul soni, 1448

Selfining ta'siri juda yomon

29.11.2023   1903   3 min.
Selfining ta'siri juda yomon

So'nggi paytlarda dunyoda selfi epidemiyasi keng tarqalib, bu mashg'ulot shu darajaga etdiki, selfi olishni o'rgatadigan maxsus saytlar paydo bo'ldi.

Insonlar yaqin-yaqingacha shaxsiy hayotini o'zgalar nazaridan yashirar, bu borada juda ehtiyotkor bo'lardi. Afsuski, bugungi kunda bu manzara o'zgardi. Texnologiyalar rivoji insoniyatning asrlar osha yashab kelgan qadriyatu madaniyatlariga ta'sirini o'tkazdi. Endilikda odamlar nafaqat o'z-o'zini hurmat qilishni, hatto shaxsiy hayotning qadr-qimmatini ham unutmoqda. Manmanlik, xudbinlik avj olib, hamma o'zi haqida butun dunyoga jar solishga tayyor. Nima qilsa ham, tezroq mashhur bo'lish, hamma u haqda gapirishini istaydi.

Mutaxassislarning fikricha, ko'plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va selfi ixlosmandlari ruhiy kasalliklardan aziyat chekayotirlar. Selfiga berilish xulq-atvorga salbiy ta'sir etadi.

Ho'sh, dinimizda selfiga munosabat qanday? Umra va haj ziyoratiga borganlarning aksariyati xotira uchun Ka'ba fonida o'zlarini suratga oladi. Bunda, bir qaraganda, hech qanday illat yo'qdek. Ammo...

Makkada Ka'ba atrofida odamlar tavof qilayotganlarida selfi olish izdihom hosil bo'lishiga olib keladi va ko'plab muammolarni tug'diradi. Masjidul Harom xodimi bunday deydi: “Keyingi yillarda ziyoratchilar orasida selfiga tushish odat tusiga kirib bormoqda. Ziyoratchilar kishilarga ozor bermagan holda suratga olsa, zarari yo'q. Biroq bugun ayrim insonlar juma namozi paytida imomni tinglash o'rniga ibodat qiluvchilarni suratga olishni yoki selfi qilishni afzal ko'radi. Ular bu harakati bilan o'zgalarning g'ashiga tegayotganini yoki ozor berayotganini

tushunmaydilar”.

Ibn Lubayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sizlardagi eng xavfsiraydigan narsam maxfiy shirkdir», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, maxfiy shirk nima?» deb so'rashdi. U zot bunday dedilar: «Bu riyodir. Qiyomat kuni odamlar o'z amallari bilan kelishganida Alloh taolo: “Dunyoda riyo qilganlaringizning oldiga boringlar. Nazar solinglar-chi,

ularning oldida mukofot bormikin?” deydi» (Imom Ahmad rivoyati).

Selfi kishiga quvonch ulasha olmaydi, u faqat hissiyotni aks ettirishi mumkin, xolos. Muqaddas joylarda bebaho onlarni behuda ishlar bilan o'tkazish zarardan boshqa narsa emas. Bu harakatlarimiz bilan ibodatlarimiz riyoga aylanib qoladi.

Qisqasi, har bir insonda tan olinish va qadrlanish istagi bor. Ammo bunga fotosuratlar yoki selfi orqali erishilmaydi. Chin mo'min Yaratguvchining roziligiga erishishga intilishi kerak, o'zgalarning layklariga emas!

 

Abdulloh MUSLIMOV

 "Mo'minalar", 3-son, 2023

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dunyo e’tirofining bir namunasi

25.11.2026   11868   2 min.
Dunyo e’tirofining bir namunasi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.

Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.

Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.

Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.

Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.

Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).

Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.

Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!  

 

 Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Maqolalar