— Masjidlarda oldingi qatorlarga ko'proq yoshlar o'tirib olganini ko'p ko'ryapmiz. Kattalarni hurmat qilib, ularga joy berishmaydi ba'zan. Va ayrimlari boshyalang holda namoz o'qiydi. Savolim: masjidlarda old qatorlarda yoshlar o'tirishi va do'ppisiz bo'lishlari joiz-mi?
— Imomning ortida imomlikka o'tishga to'g'ri kelib qolsa, o'ta oladigan odam turishi maqsadga muvofiqdir. Masjidga kim oldin kelsa, safni boshidan to'ldirib keladi. Oldingi safga avval kelgan kishi haqli bo'ladi. Keyin kelganlar uni boshqa joyga o't, deyishga haqlari yo'q. Ammo kattalarni hurmat qilib, ularga oldingi safdan joy berishlari odob doirasidagi ishlardandir. Bosh kiyimga kelsak, namozni bosh kiyim bilan o'qish uning savobi to'liq bo'lishiga sabab bo'ladi. Chunki bu sunnat amaldir. Bosh kiyimsiz namoz o'qish esa makruhlik ila joiz bo'ladi.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Haqiqatda, imom Abu Hanifa Rasuli Mustafoga ergashgan sahobalaridan ba’zilarini ko‘rgan, uning ko‘rgani sahihdir va bu guruhning soni yetti nafardir va shu sabab sharafdir.
Anas, Jobir, Ma’qal ibn Yasor shuningdek, Vosila ibn Asqo’ – vafo egasi. Shuningdek, Abdulloh ibn Unays, u ibn Jaz’i deb ham tanilgan. Oisha bilan yakunlayman, udir binti Ajrad. Ular asrlarning eng yaxshisidan, poklik egalaridan edilar
Sharq muftiysi, Burhonuddin Ibrohim ibn Hasan Mulla Ahsoiy yozgan.
Izoh: Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh tobeinlardan hisoblanadilar. U zot: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning as’hoblaridan yettitalari bilan ko‘rishdim. Ular: Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Jaz’i Zubaydiy. Jobir ibn Abdulloh, Ma’qal ibn Yasor, Vosila ibn Asqo’, Oisha binti Umar va Abdulloh ibn Unaysdir”, deganlar.