Shavkat Mirziyoev saylovchilar bilan uchrashish uchun 8 oktyabr' kuni Surxondaryo viloyatiga keldi.
Davlatimiz rahbari o'z safarini buyuk alloma Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
Alloh taolodan yurtimizga tinchlik va farovonlik tilab duo qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.01.2026 yildagi "Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" 27-son qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi "Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 364-son qarori hamda bir qator hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.