Sayt test holatida ishlamoqda!
24 May, 2025   |   26 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:18
Quyosh
04:57
Peshin
12:25
Asr
17:29
Shom
19:46
Xufton
21:19
Bismillah
24 May, 2025, 26 Zulqa`da, 1446

Ertaga Islom qoidalariga ko'ra nasiya savdo mavzusida seminar bo'lib o'tadi

07.10.2021   1192   3 min.
Ertaga Islom qoidalariga ko'ra nasiya savdo mavzusida seminar bo'lib o'tadi

2021 yil 9 oktyabr, shanba kuni Toshkent shahrida «Islom moliyasi» loyihasi hamda «Islamic Business and Finance» (IsBF) kompaniyasi tomonidan «Islom moliyasi: nasiya savdo qoidalari, muammolari va echimlari, ijara hamda biznesda baraka omillari» mavzusida amaliy seminar o'tkaziladi.

Seminar davomida ishtirokchilar quyidagi bilim-ko'nikmalarga ega bo'lishadi.

– Islom moliyasi haqida asosiy tushunchalar;

– Islom moliya tizimi va an'anaviy moliya tizimi o'rtasidagi farqlar;

– Islom moliyasidagi asosiy taqiqlar;

– Islom moliyasida qo'llaniladigan savdo shartnomalari;

– Biznesda baraka omillari va boshqa turli xil mavzular.

Bundan tashqari:

– Bo'lib to'lash (xalq tilida «rassrochka» deb ham nomlanadi);

– Distrib'yutor/dilerlikning Islom moliyasiga muvofiq ko'rinishi;

– Shartnomalarda «jarima», «penya» kabi moliyaviy jazolar;

– An'anaviy lizingning Islom moliyasiga nomuvofiq bo'lgan jihatlari;

– Sarmoyani ko'paytirishning Islom moliyasi talablariga javob beradigan shakllari kabi masalalarga javob olish mumkin.

Ushbu seminar Islom moliyasi va bankchiligi bo'yicha ko'p yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan o'tkaziladi. Jumladan, O'zbekiston musulmonlari idorasi bo'limi mudiri, «Zikr ahlidan so'rang» hay'ati a'zosi Muhammad Ayyub domla Homidov, Jahongir Imamnazarov, Muzaffarjon Nizomiddinov, Kozimxon To'rayev, Muzaffar Husniddinovlar ishtirok etishadi.

Shuningdek, barcha seminar-trening qatnashchilari uchun maxsus telegram guruhi ochiladi. Bu telegram guruhida barcha asosiy trenerlar ham bo'lishadi. Ishtirokchilar treningdan keyin ham amaliy savollariga javob olishlari mumkin.

Seminarda ishtirok etish narxi:

* 500 000 so'm (oflayn qatnashuvchilar uchun);

* 300 000 so'm (onlayn qatnashuvchilar uchun)

Ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari va to'lov qilishlari mumkin:

To'lovlarni qanday amalga oshirish mumkin?

Agar ishtirokchi jismoniy shaxs bo'lsa, to'lovlarni Payme ilovasi yordamida amalga oshirishi mumkin.

Yuridik shaxslar to'lovlarni o'z hisob raqamlaridan ham to'lash imkoniyati mavjud.

Shartnoma olish uchun menejer bilan bog'lanish lozim: @IsBF_Trening (telegram)

Qo'shimcha ma'lumotlar:+998992772000

 

Manba: Islom.uz

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ayolingiz bemor bo‘lsa uyiga olib borasizmi?

19.05.2025   3754   1 min.
Ayolingiz bemor bo‘lsa uyiga olib borasizmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ba’zi oilalarda ko‘radigan holatlarimizdan biri, agar ayol kasal bo‘lib qolsa, eri uni ayolning uyiga olib borib qo‘yadi. Tuzalganidan keyin esa o‘zining uyiga qaytarib olib keladi. Bunday ish tutish muruvvat sohiblariga aslo yarashmaydigan ishdir. Bunda ayolning nafsiga aziyat berish bordir.

Usmon ibn Affon roziyallohu anhu Badr g‘azotida qatnashmadilar, g‘oib bo‘ldilar. Chunki u zotning ayollari Ruqayya binti Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq betob edilar...

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotga: “Senga Badrga qatnashgan va o‘q otgan kishining ajri bo‘lur”, deganlar.

Endi o‘ylab ko‘r, Alloh seni va meni rahm qilsin, Nabiy sollallohu alayhi vasallam qanday qilib (bemor) ayolini yonida bo‘lish va unga qarashni Allohning yo‘lidagi mujohidning ajri bilan teng o‘ringa qo‘yganlariga qara!

Har qanday jangchi emas, balki Badrda ishtirok etgan jangi bilan (teng o‘ringa qo‘ydilar). Alloh taolo Badr ahliga nazar solgan va bu g‘azot haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam as’hoblariga qarata: Alloh Badr ahliga qarata Istaganingizni qiling, sizlarni mag‘firat qildim dedi”, degan edilar.