Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Sentabr, 2026   |   9 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:49
Quyosh
06:08
Peshin
12:17
Asr
16:35
Shom
18:28
Xufton
19:43
Bismillah
20 Sentabr, 2026, 9 Rabi`us soni, 1448

“Islom tarixi" oyligi Kanadada o'tkazilmoqda

07.10.2021   1405   1 min.
“Islom tarixi

Kanada har yil oktyabr' oyida islom tarixi oyligini nishonlaydi. Bu yil ushbu oylik doirasida o'zaro tajriba almashish, irqchilik va islomofobiya muammolariga barham berish ishlariga asosiy e'tibor qaratiladi.

Islom tarixi oyligi kanadaliklarga musulmonlarning boy merosi, ularning jamiyatga qo'shgan hissasidan xabardor qilish, ta'lim berish va boshqa xayrli ishlarda hamkorlik maqsad qilingan” – deb yozadi tadbir saytida.

2021 yilgi tadbir mavzusi “Mahalliy aholiga qarshi qo'llanilayotgan irqchilik va islomofobiyaga barham berish” deb nomlanadi.

Islom tarixi oyligida butun mamlakat bo'ylab musulmon jamoalari matbuot yig'inlari va to'garaklar tashkil qiladi, mahalliy aholini masjidlarga taklif etadi, badiiy ko'rgazmalar o'tkazadi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, musulmonlar Kanadada eng tez rivojlanayotgan aholi qatlami sanaladi. Mamlakatda musulmonlar so'nggi o'n yil ichida 82 foizga o'sgan. Ya'ni 2001 yilda ularning soni 579 ming nafarni tashkil etgan bo'lsa, 2011 yilda bu ko'rsatgich 1 milliondan oshgan.

O'MI Halqaro aloqalar bo'limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   53348   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari