Sufyon ibn Uyayna aytadi: “Bir kuni xalifa Hishom ibn Abdulmalik Ka'baga kirgan edi, u erda Solim ibn Abdullohni ko'rib, “Mendan hojatingizni so'rang”, dedi. Solim: “Men Allohning uyida U Zotdan boshqadan bir narsa so'rashga hayo qilaman”, dedi. Solim Ka'badan chiqqach, “Mana, Ka'badan chiqdingiz, endi hojatingizni so'rang”, dedi. Solim: “Dunyo hojatlaridanmi yoki oxirat hojatlaridanmi?” degan edi, Hishom “Dunyo hojatlaridan”, deb aytdi. Solim ibn Abdulloh: “Men dunyoni uning Egasi bo'lgan Zotdan so'ramadim, endi qanday qilib uning egasi bo'lmagan odamdan so'rayman?” deb, boshqa gapga o'rin qoldirmadi”.
«Solihlar gulshani» asaridan
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ayol kishi eri ishdan qaytgan vaqtida chiroyli kutib olishi, uni charchagan yoki siqilgan holatda ko‘rsa battar siqmasligi lozim. Buning o‘rniga erining buyruqlarini tezroq bajarishi, eri uyiga kirishi bilan charchog‘i va siqilishi sababini so‘ramasligi kerak. Chunki eri ko‘cha kiyimlarini almashtirib biroz o‘ziga kelgandan so‘ng o‘zi ayoliga mahzunligining sababini bayon qiladi. Agar shunda ham aytmasa unda ayol bu haqida so‘rasa buning zarari yo‘q.
Agar ayol erining mahzunligiga sabab bo‘lgan mushkul ishni ketkazishga yordam berish imkoni bo‘lsa bunga harakat qilsin. Chunki bu narsa erining yelkasidan tog‘ni olib tashlagandek ta’sir qiladi. Shunda er uyida qimmatbaho – hatto dunyolarga alishilmaydigan qimmatbaho gavhar borligini his etadi.
Shu’la: Qila olmagan ishingizga aslo g‘am chekmang. Buyuklar ishlari hech qachon tugamasiligini bilib oling.
Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan