Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Mart, 2026   |   11 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:48
Quyosh
06:08
Peshin
12:32
Asr
16:55
Shom
18:51
Xufton
20:04
Bismillah
31 Mart, 2026, 11 Shavvol, 1447

Hayo qilaman

07.10.2021   1710   1 min.
Hayo qilaman

Sufyon ibn Uyayna aytadi: “Bir kuni xalifa Hishom ibn Abdulmalik Ka'baga kirgan edi, u erda Solim ibn Abdullohni ko'rib, “Mendan hojatingizni so'rang”, dedi. Solim: “Men Allohning uyida U Zotdan boshqadan bir narsa so'rashga hayo qilaman”, dedi. Solim Ka'badan chiqqach, “Mana, Ka'badan chiqdingiz, endi hojatingizni so'rang”, dedi. Solim: “Dunyo hojatlaridanmi yoki oxirat hojatlaridanmi?” degan edi, Hishom “Dunyo hojatlaridan”, deb aytdi. Solim ibn Abdulloh: “Men dunyoni uning Egasi bo'lgan Zotdan so'ramadim, endi qanday qilib uning egasi bo'lmagan odamdan so'rayman?” deb, boshqa gapga o'rin qoldirmadi”.


«Solihlar gulshani» asaridan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Surxondaryolik polvon imomlar gilamga tushdi!

31.03.2026   687   1 min.
Surxondaryolik polvon imomlar gilamga tushdi!

Yurtimizda milliy sport turlarini ardoqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan "Muftiy kubogi" musobaqasiga start berilgan edi.


Shu yil 28 mart kuni Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Rasuljon domla Abdullayev boshchiligida viloyatdagi masjid imom-xatiblari va noiblari o‘rtasida milliy kurash bo‘yicha saralash bosqichlari o‘tkazildi.


Bellashuvlar kutilganidan ham qizg‘in va shiddatli kechdi. Din xizmatida bo‘lgan ulamolarimiz bu gal maydonda o‘zlarining jismoniy mahoratlarini namoyish etdilar.


Tadbir yakunida viloyat bosh imomi vohamizning alp o‘g‘lonlari haqiga xayrli duolar qilib, ularning kelgusi bosqichlarda ham qo‘llari baland bo‘lishini tiladilar. 

Surxondaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Surxondaryolik polvon imomlar gilamga tushdi! Surxondaryolik polvon imomlar gilamga tushdi! Surxondaryolik polvon imomlar gilamga tushdi! Surxondaryolik polvon imomlar gilamga tushdi!
O'zbekiston yangiliklari