Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Iyul, 2025   |   9 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:55
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
04 Iyul, 2025, 9 Muharram, 1447

Dinda savolim bor: O'lgan odamning yili o'tmasidan to'y qilsak, qanday bo'larkan?

07.10.2021   1630   1 min.
Dinda savolim bor: O'lgan odamning yili o'tmasidan to'y qilsak, qanday bo'larkan?

— Oilamizda ketma-ket o'lim bo'ldi. O'tgan yili ikki opam, yaqinda esa yana bir opam birin-ketin olamdan o'tishdi. Bizga ba'zi kishilar buni “o'lik chaqiribdi, xonadoningizda tez to'y qilib yuboringlar, irimi shunaqa”, deyishyapti. Lekin o'lgan odamning yili o'tmasidan to'y qilsak, qanday bo'larkan? Umuman, shunday irim bor-mi?

— Oilada ketma-ket o'lim bo'lishi Alloh taoloning irodasi bilan bo'ladi. “O'lik chaqirdi”, degan gap yo'q. Bu bid'at-xurofotdir. Shariatimizda o'lik chiqqan xonadonda bir yilgacha to'y qilib bo'lmaydi, degan gap ham yo'q. Vafot etgan odamning yaqinlari u uchun uch kun motam tutadilar. Faqat eri o'lgan ayol to'rt oy-u, o'n kun aza tutadi. Shunday ekan o'lik chiqqan xonadonda bir yil ichida to'y qilishga mone'lik yo'q. Ammo “To'y qilib yuborilsa, o'lik chiqishi to'xtaydi”, deb e'tiqod qilish iymonga futur etkazadi. Vallohu a'lam.

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Najmiddin Kubro tavalludining 880 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman

03.07.2025   3529   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari