Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Iyul, 2025   |   9 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:55
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
04 Iyul, 2025, 9 Muharram, 1447

G'aflatda qolmang! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy kirib keldi

06.10.2021   3973   9 min.
G'aflatda qolmang! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy kirib keldi

...Haqiqatan, sizlarga o'zlaringizdan (chiqqan), qiyinchiliklaringizdan alam chekadigan, sizlar bilan (hidoyat topishingiz bilan) qiziquvchi, mo'minlarga mushfiq va rahmdil Rasul keldi” (Tavba surasi, 128-oyat) deb marhamat qilgan hamda O'zining hidoyatiga boshlagan, ummati Muhammad qilgan Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo'lsin!

“Avvalgi payg'ambarlar o'z qavmlarigagina yuborilar edilar. Men esa hammaga barobar payg'ambar qilib yuborilganman”, degan habibimiz va shafoatchimiz Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamga batamom salavotu salomlar bo'lsin!

Sevikli Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam Fil yilida Robi'ul avval oyining o'n ikkinchisi (ba'zi manbalarda 8, 9 yoki 10-kunlari), dushanba kuni (milodiy 571 yil, aprel' oyida) dunyoga keldilar. U zot sollallohu alayhi vasallam dushanba kuni ro'za tutib: “Bu men tug'ilgan kun”, deb aytardilar (Imom Muslim rivoyati).

Robi'ul avval oyi qanday oy? Hijriy-qamariy taqvim bo'yicha yilning (Muharram va safar oylaridan keyingi) uchinchi oyi. Bu oy Islom ummati uchun eng sevimli oylardan biri sanaladi. Chunki bu oyda Allohning so'nggi payg'ambari va habibi, Sarvari koinot Muhammad alayhissalom tavallud topganlar. Shu bois bu oy “Mavlud oyi” deb ham nomlanadi.

Mavlud nima degani? Mavlud lug'atda “tug'ilish” degan ma'noni anglatadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy Rabi'ul avval oyi munosabati o'tkaziladigan marosim va tadbirlar “Mavludi Nabiy” deyiladi.

Mavlud oyi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni yanada qattiqroq sevishga intilish, siyratlarini o'rganish, u zotga har bir ishda ergashish, yanada ko'proq salavotu durudlar yo'llash oyidir.

Bu oyni qanday o'tkazish kerak? Bu oyni Payg'ambar alayhissalomni yanada kuchliroq sevishga intilish, siyratlarini o'rganish, u zotga har bir ishda ergashish, ko'proq salavotu durudlar yo'llash bilan o'tkazish lozim.

Salavot nima degani?Salavot” so'zi arab tilidagi “salot” so'zining jami bo'lib, “duo” degan ma'noni anglatadi.

Salavot qanday aytiladi? Sahobalar roziyallohu anhum Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Yo Rasululloh sizga salavot aytish qanday bo'ladi?” deb so'raganlarida U zot alayhissalom: “Allohumma solli ala Muhammadin va a'la oli Muhammadin, kama sollayta a'la Ibrohiyma va a'la oli Ibrohiym. Innaka hamiydum majiyd. Allohumma barik a'la Muhammadin va a'la oli Muhammadin, kama barokta a'la Ibrohiyma va a'la oli Ibrohiym. Innaka hamiydum majiyd”, deb aytinglar, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Salavot aytishning qanday fazilatlari bor?

Salavot aytish baxillikdan uzoq qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:“Huzurida zikr qilinsam, menga salavot yo'llamagan kishi baxildir”,dedilar (Imom Termiziy, Imom Ahmad rivoyati).

 

Salavot aytish duo qabul bo'lishining omilidir. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har bir duo Payg'ambarga salavot aytilmaguncha, osmon o'rtasidagi parda tufayli erda to'xtab turadi, salavot aytilsa, o'sha parda ko'tariladi”, dedilar.

 

Salavot aytish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga noil etadi. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam:“Menga juma kunida va juma kechasida ko'p salavot aytinglar, bas kim shunday qilsa, men unga qiyomat kuni guvoh va shafoatchi bo'laman”,dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

 

Salavot aytish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqin qiladi. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni menga eng yaqin kishilar, albatta, menga ko'p salavot aytganlardir”, dedilar(Imom Termiziy rivoyati).

 

Alloh taolo salavot aytuvchilarning gunohini mag'firat etadi, darajasini ko'taradi. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o'n marta salavot aytadi. Uning o'nta gunohi o'chiriladi. O'n daraja yuksaltiriladi”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).

 

Salavot aytuvchilarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eshitadilar. Abdulloh ibn Abu Vafo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Juma kuni menga salavotni ko'paytiringlar. Albatta, menga etkaziladi va men eshitaman”, dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati).

 

 

 

Salavot ayting! Har duoning avvali va oxirida.

Salavot ayting! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlarini aytganda va eshitganda.

Salavot ayting! Tahorat olgandan so'ng.

Salavot ayting! Janoza namozining ikkinchi takbiridan keyin.

Salavot ayting! Masjidga kirayotganda va chiqayotganda.

Salavot ayting! Boshga mushkul tushganda va xursandchilikda

Salavot ayting! Har namozdan so'ng.

Salavot ayting! Uyqudan turganda va uyquga yotishdan oldin.

Salavot ayting! Qur'oni karimni xatm qilgandan keyin.

Salavot ayting! Tong otganda va quyosh botganda.

Salavot ayting! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sog'inganingizda... Demak, har kun, har soniya, har nafasda salavot ayting!

 

ALLOHUMMA SOLLI VA SALLIM _''ALA MUHAMMADIN VA _''ALA OLI MUHAMMAD

 

Davron NURMUHAMMAD

 

 

 

 

 

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Mo‘tadillik - saodat

04.07.2025   442   2 min.
Mo‘tadillik - saodat

Islom dini biror shaxs, guruh, mol-dunyoga nisbatan va obro‘-e’tibor topish uchun qilinadigan har qanday mutaassiblik va firqalarga bo‘linishni qoralaydi, tarafkashlikni johiliyat holatiga o‘xshatadi.

Mutaassiblikning turli ko‘rinishlari bor bo‘lib, ular kishining o‘zi, mol-dunyosi, farzandlari, millatini boshqalardan afzal bilib, bu yo‘lda ashaddiy ravishda kurashishi demakdir. Mo‘tabar manbalarimizda ota-bobolari va o‘zining nasabi bilan faxrlanish tuyg‘usi kishini do‘zaxga tortadi deb ta’kidlangan.

Mutaassiblik turlaridan biri bu diniy mutaassiblikdir. Diniy mutaassiblik deganda, ma’lum bir dinda asos bo‘lgan, ushbu din vakillari amal qiladigan ta’limot va qoidalarga qarshi chiqish, diniy tushunchalarni shariat ko‘rsatmalariga zid ravishda o‘zicha talqin qilib, boshqalarni unga ergashishga chorlash nazarda tutiladi. Diniy mutaassiblikning eng katta xatarlaridan biri bu, dinlararo muloqotga rahna solishdir.

Dinda mutaassibona harakat, dinda chuqur ketish, haddan oshish, Qur’on va Sunnatda kelgan ta’limotlarga zid ravishda o‘z fikriga ergashishni qattiq qoralanadi. Dinda haddan oshish deganda shariat belgilab qo‘ygan chegaradan chiqib ketish tushuniladi. Bu ish aqidada bo‘lsin, so‘z yoki amalda bo‘lsin, baribir. Bu borada Alloh taolo Baqara surasida  “Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, o‘shalar, ana o‘shalar, zolimlardir”, deb marhamat qiladi.

Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam: “Dinda haddan oshishdan ehtiyot bo‘linglar. Chunki, sizlardan oldin o‘tganlarni dinda haddan oshishlik halok qilgandir” deb uqtirganlar. 

Shunday ekan, bugungi kundagi ko‘plab muammolarning ildizi mutaassiblik va haddan oshish ekanligini hammamiz chuqur anglashimiz lozim. Xulosa o‘rnida, bu kabi muammolarning yechimi sifatida Faqih doktor Vahba Mustafo Zuhayliy janoblarining ushbu so‘zlarini keltirish bilan yakunlaymiz: “Islom mo‘tadil din bo‘lib haqiqatlardan birortasida chetga chiqishga yoki haddan oshishga yo‘l qo‘ymasligini anglatadi. Islomda va boshqa dinlarda dinda haddan oshish ham, e’tiqodda bir taraflama va g‘ayritabiiy bo‘lish ham, haddan tashqari qattiq olish ham, juda bo‘sh qo‘yib yuborish ham yo‘q…”. 

Alloh ta’olo barchamizni haq yo‘ldan adashtirmasin.

Kosonsoy tumani "Sodod" jome masjidi imom-xatibi

Bahodir Mirfayziyev

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA