Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Noyabr, 2025   |   19 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:44
Quyosh
07:05
Peshin
12:12
Asr
15:27
Shom
17:12
Xufton
18:27
Bismillah
10 Noyabr, 2025, 19 Jumadul avval, 1447

Ajal yaqinlashayotganining 6 alomati

06.10.2021   3762   11 min.
Ajal yaqinlashayotganining 6 alomati

O'lim olti bosqichdan iboratdir:

Birinchi bosqichning nomi “o'lim kuni” deyiladi. Ushbu kunda insonning hayoti nihoyasiga etadi. Alloh taolo osmondagi farishtalarga bandaning ruhini olish uchun erga tushishlariga va uni Alloh taologa yo'liqishga hozirlashlariga buyuradi.

Afsuski, hech kim bu kun haqida hech narsani bilmaydi, hatto o'sha kun kelganini, shu kuni vafot etishini ham anglamaydi. Inson ushbu vaqt kelganini bilmasada, lekin tanasida bir qancha o'zgarishlar bo'layotganini sezadi. Masalan, o'sha kunda mo'min kishining ko'ngli yorishadi, qalban huzur va halovatni tuyadi. Aksincha, fojir kimsaning ko'ngli siqilib, qalbi eziladi. Shu bosqichda shaytonlar maloikalarning tushayotganini ko'radilar, ammo inson buni ko'ra olmaydi. Qur'oni karimda ushbu bosqich bunday ta'riflanadi: (Barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo'rqingiz! So'ngra har bir jon (egasi)ga qilgan amallariga yarasha narsa (mukofot yoki jazo) berilur va ularga adolatsizlik qilinmas”(Baqara surasi, 281-oyat).

Shundan so'ng ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda tanadagi ruh tadrijiy suratda olinadi. Ya'ni, avval oyoqning ostidan boshlanib, sekin-asta to'piqqacha, tizzagacha, qoringacha, ko'krakkacha va nihoyat inson gavdasining eng yuqori joyigacha etib boradi. U joyning nomini “taroqiy” (hiqildoq) deyiladi. Shu onda kishi qattiq charchoq va bosh aylanishini his qiladi. U o'zini qattiq bosim ostida turgandek sezadi, o'rnidan turishga madori qolmaydi. Tanasi borgan sari quvvatsizlanib boradi. Lekin, shu holida ham ruhi tanasini tark etayotganini tushunmay turaveradi.

Keyin uchinchi bosqichga o'tiladi va uning nomi “taroqiy” deb nomlanadi. Ushbu bosqich haqida ham Qur'oni karimda zikr etilgan: “Yo'q! Jon hiqilloqqa kelganida. “Dam soladigan bormi”? deyilganida. U buning ajralish ekanligini bilganida, boldirlar bir-biriga chalishganida” (Qiyomat surasi, 26-29-oyatlar).

“Taroqiy” deb halqum ostidagi ikkita elkaga qarab ketgan katta suyaklarga aytiladi. Uni bu holatda ko'rgan yaqinlari “Dam soladigan bormi”? deb, biri tabibga, boshqasi tez yordamga yugurib qoladilar. Boshqalari esa, Qur'on oyatlaridan o'qib dam solish kerak, deydilar. Ba'zi mufassirlar ushbu oyatni: Uning jonini kim oladi, rahmat farishtalarimi yoki azob farishtalarimi? deb tortishadilar, degan tafsirni aytganlar.

Ushbu holatda ham kishi hayotga qaytishidan umidvor bo'lib, ruhi tanasidan chiqayotganini bilmay turadi. “U buning ajralish (firoq) ekanligini bilganida”. Shu vaqtgacha hayot bilan vidolashayotganiga ishonmagan. Vaholanki, ruhi boldirlaridan allaqachon chiqib bo'lgan, “boldirlar bir-biriga chalishganida” ularni harakatlantirishga ham qodir emas.

Shundan keyin to'rtinchi – "halqum" degan bosqichga keladi. Ushbu to'rtinchi bosqich o'limning eng oxirgi va inson uchun nihoyatda og'ir kechadigan bosqichi hisoblanadi. Buning sababi, o'sha bosqichda ko'z o'ngidagi to'siq, parda ko'tariladi va atrofidagi farishtalarni ko'radi. Mana shu erdan oxiratga o'tish davri boshlanadi. “(Ey, inson!) Sen bu (og'ir kun)dan g'aflatda eding. Bas, Biz sendan pardangni ochib yubordik. Endi, bugun ko'zing o'tkirdir”(Qof surasi, 22-oyat).

Bu bosqichning “halqum” deb nomlanishining sababi ushbu oyatga asoslanadi: “Bas, qachonki, (kishining joni) halqumga etganida (jon berish paytida), holbuki, o'sha vaqtda sizlar (qo'lingizdan hech ish kelmay) qarab turursiz. Biz unga sizlardan ko'ra yaqinroqdirmiz, lekin sizlar (buni) ko'rmassiz”(Voqe'a surasi, 83-85-oyatlar).

Alloh taolo mayyitning atrofidagi kishilarga xitob qilib: sizlar uning atrofida turibsizlar, ammo u boshqa joydadir. Sizlar bir narsani ko'ryapsiz, u esa boshqa narsani ko'ryapti.

Darhaqiqat, shu onda u yo Allohning rahmatini ko'rayotgan yoki, Alloh asrasin, Uning g'azabini ko'rayotgan bo'ladi. Shu sababli mayyit o'sha vaqtda bir nuqtaga tikilib qoladi.

Mana shu bosqich insonning ruhi olinishidagi eng qiyin o'rindir. Chunki, shu holatda u Allohning va'dalarining haqiqatini topadi, farishtalarni ko'radi, hayoti davomida qilgan amallari ko'z oldidan o'tkaziladi. Mana shu vaqt “o'lim fitnasi” vaqti hisoblanadi.

“O'lim fitnasi”da shayton kelib insonning e'tiqodida shak-shubha paydo qilishga kirishadi. Alloh haqida, payg'ambar, din, Qur'on va hokazolar haqida shakkoklik qilishga undaydi. Kuchi etganicha shu insonni dindan chiqarishga, dunyodan kofir holatida ketishiga harakat qiladi. O'lim farishtasi kelib uning jonini olish arafasida turgan holatini shayton o'zi uchun eng so'ngi fursat ekanligini juda ham yaxshi bilgani uchun bor kuchi bilan g'ayrat qiladi, o'tgan vaqtlardagiga qaraganda kuchliroq zarba bilan so'nggi zarbani berishga urinadi. Shuning uchun ham Qur'oni karim bizni o'lim fitnasidan panoh berishini so'rab Alloh taologa iltijo qilishimizni eslatadi. “Ayting: “Ey, Rabbim! Men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni so'rayman. Yana men Sendan, ey, Rabbim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh so'rayman”(Mu'minun surasi, 97-98-oyatlar).

Payg'ambarimiz alayhissalom hadislarining birida shunday deganlar: “Kim qanday e'tiqodda hayot kechirgan bo'lsa, o'sha e'tiqodda o'ladi”. Ya'ni, agar banda hayoti davomida Islom diniga e'tiqod qilib, Allohga, Uning payg'ambariga va u zotning ummatlariga muhabbat qo'yib yashagan bo'lsa, dunyodan shu holatida ketadi.

Shu joydan beshinchi bosqich boshlanadi. Shu vaqtda o'lim farishtasi keladi, shundagina inson o'zining rahmatga noil kishilardanmi yoki azobga loyiq kimsalardanmi ekanligini tamoman anglab etadi. Ushbu bosqichda amallarining natijasini ko'radi, boradigan joyidan ogoh etiladi.

Payg'ambarimiz alayhissalom hadislari orqali ushbu bosqichni batafsil bayon qilib berganlar. Hususan, gunoh va ma'siyatlarga g'arq bo'lib yurgan va ayni paytda tavba qilmay, gunohlardan qaytmay Allohga yo'liqqan bandaning holati haqida aytilgan. (Qasamyod etaman kofirlarning jonlarini badanlarining) qa'ridan sug'urib oluvchi (farishta)lar bilan, (mo'minlarning jonlarini osonlik bilan) chiqarib oladigan (farishta)lar bilan”(Nozi'ot surasi, 1-2-oyatlar).

Rasululloh alayhissalomning aytishlaricha, bir to'da farishtalar jahannam o'tidan tayyorlangan kafanni olib keladilar va osiy bandaning ruhini qattiq azob berib oladilar. Qur'oni karimda ushbu og'ir holat quyidagicha ta'riflangan: “Bas, farishtalar ularning yuzlari va ketlariga urib, jonlarini olar vaqtida, (hollari) ne kechur?!”(Muhammad surasi, 27-oyat).

Va nihoyat hal qiluvchi so'ngi bosqichga ham etib keldik. Ushbu bosqichda insonning ruhi jasadining eng yuqori nuqtasi etib keladi, ya'ni “taroqiy” qismidan yuqoriga ko'tarilib, og'zidan o'tib burniga etib keladi va o'lim farishtasiga o'zini topshirishga tayyor bo'ladi. Agar inson osiy banda bo'lsa, o'lim farishtasi unga: ey iflos ruh, g'azabnok bo'lgan parvardigorning huzuriga, otashda kuyish uchun chiq, deydi. Shunda inson dod soladi: “Ey, Rabbim! Meni (yana hayotga) qaytaringiz! Shoyad, men tark etgan joyim (dunyo)da yaxshi amal qilsam”, – der. Yo'q! (U aslo qaytarilmas). Bu haqiqatan u aytuvchisi bo'lgan so'zdir. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, (ikki dunyo o'rtasini to'sib turadigan) bir to'siq bordir”(Mu'minun surasi, 99-100-oyatlar).

Alloh taolo aytadi: “Mana o'lim mastligi (jon chiqish payti) haqiqatan (etib) keldi. (Ey, inson!) Bu (o'lim) sen undan qochuvchi bo'lgan narsadir”(Qof surasi, 19-oyat).

“O'lim mastligi” bu – hamma a'zolar harakatdan to'xtagan, a'zolarning biror joyi qolmay hammasiga qulf solinadiga holat. Inson aynan mana shu lahzadan umri davomida qochib yuradi. “Ayting: “Sizlar qochayotgan o'lim, albatta, sizlarga yo'liquvchidir! So'ngra sizlar yashirin va oshkora narsalarni biluvchi zotga (Allohga) qaytarilursiz. Bas, (U) sizlarga qilib o'tgan amallaringizning xabarini berur”(Jum'a surasi, 8-oyat).

Agar kishi mo'min bo'lsa, unga: ey pokiza ruh, pokiza jasadda bo'lgan ruh, g'azabnok bo'lmagan rabbing huzuriga, rayhon bo'ylaridan rohatlanish uchun chiq, deyiladi. Shunda ruh suv idishining og'zidan tomayotgan tomchidek, boshqa rivoyatda, xamirdan qil sug'urgandek, sezdirmasdan chiqadi. Bunday ruhga xitoban: “Ey, xotirjam (sokin) jon! (Ato etilgan ne'matlardan) rozi bo'lgan (va Alloh tomonidan) ham rozi bo'lingan holingda, Rabbing (huzuri)ga qaytgin! Bas, (solih) bandalarim (safi)ga qo'shilgin va jannatimga kirgin!”(Fajr surasi, 27-30-oyatlar) deyiladi.

Allohim, bizlarni imonda o'tmoqligimizni, ushbu xitobga loyiq bo'lmog'imizni nasib qilgin.

 

Homidjon domla Ishmatbekov,

O'zbekiston musulmonlari idorasi

raisining birinchi o'rinbosari.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Koran roxindja: perevod dlya vozrojdeniya yazika ugnetennogo menshinstva

10.11.2025   431   6 min.
Koran roxindja: perevod dlya vozrojdeniya yazika ugnetennogo menshinstva

Proyekt perevoda Korana na yazik roxindja osushestvlyayetsya v usloviyax, kogda musulmane roxingya na protyajenii desyatiletiy podvergayutsya presledovaniyam i izgnaniyu so svoyey zemli, s selyu vospolnit nedostatok znaniy ob islame i borotsya s podavleniyem yazika roxingya.
Kak soobshayet IQNA, roxindja - eto indoariyskaya etnolingvisticheskaya gruppa, preimushestvenno musulmanskaya, projivayushaya v shtate Rakxayn na zapade Myanmi. Po otsenkam, do genotsida 2017 goda, kogda boleye 740 000 chelovek bejali v Bangladesh, v Myanme projivalo 1,4 milliona roxindja.
Do 1989 goda etot shtat bil izvesten kak Arakan, istoricheskoye nazvaniye regiona, prostirayushegosya vdol severo-vostochnogo poberejya Bengalskogo zaliva i vklyuchayushego sovremenniy Bangladesh. Voyenniy sovet, prishedshiy k vlasti v 1988 godu, v ramkax svoix usiliy po otdeleniyu Myanmi ot svoyego soseda s musulmanskim bolshinstvom, izmenil nazvaniye provinsii i namerenno vibral nazvaniye preimushestvenno buddiyskoy etnicheskoy gruppi, a imenno rakxayn. Eto bilo chastyu rasistskogo proyekta natsionalnogo stroitelstva i yeshe odnim shagom v dolgoy istorii popitok isklyuchit etnicheskuyu gruppu roxingya iz istorii i obshestva Myanmi.
Selenapravlennie usiliya po isklyucheniyu etnicheskoy gruppi roxindja
S momenta prixoda k vlasti pervogo voyennogo soveta v 1962 godu roxindja sistematicheski lishalis grajdanskix i politicheskix prav pod predlogom togo, chto oni ne yavlyayutsya nastoyashimi birmansami, a yavlyayutsya grajdanami Bangladesh i nelegalnimi immigrantami v Myanmu. Oni stradali ot nexvatki obrazovaniya, infrastrukturi, zdravooxraneniya i ekonomicheskogo razvitiya, vo vsem etom im namerenno otkazivali. Pervaya volna nasilstvennix presledovaniy privela k tomu, chto sotni tisyach lyudey bejali v Bangladesh v 1978 godu, bolshinstvu iz kotorix vposledstvii bilo razresheno vernutsya posle soglasheniya o repatriatsii, zaklyuchennogo Organizatsiyey Ob’edinennix Natsiy.
Odnako v 1982 godu Zakon o grajdanstve Birmi ogranichil grajdanstvo tolko temi «natsionalnimi rasami», kotorie bili pryamo upomyanuti v zakonoproyekte, v kotoriy ne vxodili roxindja, chto sdelalo ix litsami bez grajdanstva. Dalneysheye gosudarstvennoye nasiliye protiv roxindja proizoshlo v 1991-1992 godax i, nakones, v xode krupneyshey i samoy sistematicheskoy popitki iskorenit musulmanskoye naseleniye Myanmi, nachinaya s 2012 goda, kotoraya dostigla svoyego pika v «krizise roxingya» v 2015 godu. Eta skoordinirovannaya kampaniya protiv roxingya bila klassifitsirovana Upravleniyem Verxovnogo komissara OON po pravam cheloveka kak «genotsid» i «prestupleniye protiv chelovechnosti».
Nekotorie uchenie, analitiki i politicheskiye deyateli, v tom chisle laureat Nobelevskoy premii i yujnoafrikanskiy bores s aparteidom arxiyepiskop Desmond Tutu, sravnivali usloviya, v kotorix naxodyatsya roxindja v Myanme, s aparteidom. Posledneye masshtabnoye peremesheniye roxingya v 2017 godu pobudilo Mejdunarodniy ugolovniy sud provesti rassledovaniye prestupleniy protiv chelovechnosti, a Mejdunarodniy sud OON zanyalsya etim delom kak genotsidom.
Proyekt perevoda Korana dlya naroda roxindja
V takix obstoyatelstvax proyekt sozdaniya perevoda Korana na yazik roxingya bil predprinyat s selyu vospolnit nedostatok znaniy ob islame i protivostoyat podavleniyu yazika roxingya. Etot proyekt bil initsiirovan Kutubom Shaxom, roxindja, izuchayushim sravnitelnoye religiovedeniye v Mejdunarodnom islamskom universitete Malayzii. On sotrudnichal s knijnim magazinom "Dakwah Corner Bookstore", religioznim izdatelem, baziruyushimsya v Petaling Djaya, prigorode Kuala-Lumpura, kotoriy spetsializiruyetsya na islamskom obrazovanii na angliyskom yazike.

Poskolku yazik roxindja redko ispolzuyetsya v pismennoy forme, i, kak sledstviye, nemnogiye roxindja nauchilis yego chitat, nezavisimo ot sistemi pisma, komanda reshila predprinyat neobichniy shag: snachala predstavit ustniy perevod Korana na yazik roxindja, prejde chem nachat sozdaniye pismennogo perevoda.
Poetomu komanda perevodchikov nachala s sozdaniya audio- i videomaterialov. Pri etom oni ispolzovali ryad tolkovaniy Korana i perevodov na angliyskiy, urdu, bengali i birmanskiy yaziki, opublikovannix Kompleksom imeni Korolya Faxda v Medine. Knijniy magazin "Dakwah Corner" imeyet filial v Mekke, chto otrajeno v vibore etix istochnikov.
Rabota nad ustnim perevodom Korana nachalas v nachale 2021 goda i zavershilas v avguste 2023 goda. Polzovateli mogut vibirat iz professionalnix audio- i videofaylov, kotorie sochetayut chteniye Korana na arabskom yazike s ustnim perevodom na yazik roxindja.

Perevod Korana - put k vozrojdeniyu yazika roxindja
Na osnove ustnogo perevoda v nastoyasheye vremya sozdayetsya pismennaya versiya shriftom xanifi, kotoraya poka oxvativayet pervie pyat sur. Komanda perevodchikov otmetila, chto stolknulas s ryadom problem pri realizatsii etogo proyekta, pervoy iz kotorix yavlyayetsya istoriya ugneteniya yazika roxindja.

Oni pisali: "Xotya sistema pisma razvivalas v konse 1970-x godov, yee populyarnost bila ostanovlena iz-za sistematicheskogo genotsida, kotoromu podverglis yee nositeli."

Perevod Korana na etot yazik, veroyatno, bil pervoy popitkoy perevesti takoy tekst na yazik roxindja.
V marginalnix soobshestvax s musulmanskim bolshinstvom, takix kak roxindja, sushestvuyet potensial dlya sozdaniya simbioza mejdu yazikovimi proyektami, kampaniyami po soxraneniyu kulturi i usiliyami po prodvijeniyu i obucheniyu islamu. Proyekt Korana na yazike roxindja - lish samiy posledniy primer etogo, no, bezuslovno, odin iz samix vpechatlyayushix, blagodarya toy tshatelnosti i professionalizmu, kotorie bili prilojeni k yego realizatsii.

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana

Dunyo yangiliklari