Bugun, 7 iyul kuni poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazida yilning eng nufuzli tadbirlaridan biri — «I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li» nomli xalqaro anjuman boshlandi.
Ushbu yirik anjuman Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (ICESCO) hamda qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Nufuzli forumda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan kelgan 300 nafarga yaqin martabali mehmonlar — davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va yetuk ulamolar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati