29 noyabr' kuni G'azo sektoridagi vaziyat bo'yicha BMT Havfsizlik Kengashining yuqori darajadagi majlisi o'tkaziladi. Bu haqda Hitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Ven'bin ma'lum qildi. KP Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosi a'zosi, Hitoy Halq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I yig'ilishga raislik qilish uchun N'yu-Yorkka boradi.
– Hitoy Kengashdan xalqaro tinchlikni, xavfsizlikni saqlash bo'yicha asosiy mas'uliyatini bajarishi, umumiy sa'y-harakatda faollik ko'rsatishini kutadi, – dedi diplomat. – Yuqori darajadagi yig'ilish orqali chuqur almashinuvni rivojlantirishga kelishib olish, aniq choralar ko'rish va G'azodagi gumanitar inqirozni yumshatish, o't ochishni, harbiy harakatni to'xtatish, begunoh aholi va fuqarolarni himoya qilishga munosib hissa qo'shishga erishishni umid qilamiz. Pirovard maqsad “Ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida Falastin muammosini keng qamrovli, adolatli va uzoq muddatli tartibda hal etishga ko'maklashish.
Ta'kidlanishicha, BMT HK tomonidan Isroil – Falastin mojarosi boshlangandan keyin qabul qilingan ilk rezolyutsiya o't ochishni to'xtatish yo'lida dastlabki qadamni qo'yish imkonini berdi va gumanitar hujum tarqalishining oldini olishga ko'maklashdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan aholi bilan muntazam yo‘lga qo‘yilgan ochiq va samimiy muloqotlar fuqarolarning muammolarini tizimli hal etishda yuksak samara bermoqda.
Xususan, joriy yilning 18 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, har bir murojaatni alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqdi.
Qabul davomida oilaviy masalalar bo‘yicha kelgan yurtdoshlarimizga shar’iy ko‘rsatma va zarur maslahatlar berilgan bo‘lsa, moddiy yordamga muhtoj fuqarolarga belgilangan tartibda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Ta’kidlash joizki, aholi muammolarini tinglash va ularga yechim topish jarayonlari har haftaning chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining barcha hududiy vakilliklari hamda jome masjidlarida imom-domlalar tomonidan izchil davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati