Yaqinda Britaniya muzeyidan mamlakatimizga 6 naqshinkor tarixiy koshin qaytarildi. Ular mazkur muzeyning Yaqin Sharq departamenti katta kuratori J.Simpson tomonidan O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasiga Vatanimizga qaytarish uchun topshirilgan. Koshinlarning umumiy og'irligi 25 kg bo'lib, 3 qutiga joylashtirilgan.
Ma'lumot uchun, koshinlar 2020 yilda O'zbekiston Respublikasi hududidan noqonuniy olib chiqib ketilgan hamda Londonning Hitrou aeroportida qo'lga olingan.
Britaniya mutaxassislar fikriga ko'ra, XIII-XIV asrlarga oid ushbu tarixiy yodgorliklar Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasiga tegishli ekani ehtimol qilingan. Shuningdek, tomonlar kelishuviga ko'ra, koshinlar 17 maydan 1 avgustga qadar Britaniya muzeyida namoyish etilgan.
Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Britaniya muzeyi direktori Hartvig Fisherga ko'rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorchilik yo'llab, har ikki davlat o'rtasidagi madaniy-gumanitar sohalardagi o'zaro manfaatli hamkorlik bundan keyin ham davom etishiga ishonch bildirdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati). Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:
اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد
Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad
Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!”
Ruhiddin Akbarov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi