Imom Ibn Annahviy rahimahulloh aytadilar: Bir kuni Ibn Atoulloh Iskandariyning ilm majlislariga keldim. O'sha vaqtda u zot o'z zamonasining tasavvuf ahli orasida ENG katta ulamolardan edilar. U kishiga qarab turib ilmlariga havasim keldi va ichimda: bu zot qaysi maqomda ekanlar-a? – deb o'z-o'zimga aytdim. Shu vaqt shayx gapdan to'xtab menga qaradilarda: Ey, Ibn Annahviy! Osiy va gunohkorlarning maqomidaman, dedilar. Bu gapni eshitib xayratda qoldim va salom berib sekin ketdim. O'sha kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushimda ko'rdim. U zot bir tepalikning ustida turibdilar, sahobalar u kishining atroflarida, odamlar to'plangan. Shu payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Qani Tojuddin ibn Atoulloh? - dedilar. Ibn Atoulloh: Men shu erdaman, deb javob berdilar . Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: Tur o'rningdan va gapir. Alloh taolo sening gapingni yaxshi ko'radi, dedilar . Ibn Atoulloh Allohning muhabbati haqida gapira boshladilar.
Alahsib o'rnimdan turdim va shu zahoti Ibn Atoullohning huzurlariga yugurdim. Qarasam u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida gapirayotgan gaplarini aytib turgan ekanlar. O'zimga o'zim: Mana bu yuksak maqom ekan, dedim. Shunda Ibn Atoulloh menga tabassum bilan boqib: Ey, Ibn Annahviy! Senga maxfiy bo'lganlari bundan ham buyuk, dedilar.
Homidjon domla Ishmatbekov,
O'zbekiston musulmonlari idorasi
raisining birinchi o'rinbosari.
#xabar #shaxmat #final
Xabar berganimizdek, “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” sport musobaqalarining shaxmat turi bo‘yicha final bahslari yuqori saviyada, qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘oliblar quyidagicha bo‘ldi:
1-o‘rin — Toshkent viloyati vakili Abdulazizxon domla Ahmadxo‘jayev.
2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili Abdulkabir domla Idrisov.
3-o‘rin — Farg‘ona viloyati vakili Niyozbek domla Payg‘amov.
Respublika bosqichi natijalariga binoan birinchi o‘rin sohibi I darajali diplom hamda zamonaviy noutbuk, ikkinchi o‘rin sohibiga II darajali diplom va smart televizor, uchinchi o‘rin g‘olibiga esa III darajali diplom hamda planshet topshirildi.
Alloh taolo g‘oliblarga mukofotlarni muborak aylasin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati