Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448

Ibn Atoulloh Iskandariyning karomatlaridan biri

03.10.2021   3059   1 min.
Ibn Atoulloh Iskandariyning karomatlaridan biri

Imom Ibn Annahviy rahimahulloh aytadilar: Bir kuni Ibn Atoulloh Iskandariyning ilm majlislariga keldim. O'sha vaqtda u zot o'z zamonasining tasavvuf ahli orasida ENG katta ulamolardan edilar. U kishiga qarab turib ilmlariga havasim keldi va ichimda: bu zot qaysi maqomda ekanlar-a? – deb o'z-o'zimga aytdim. Shu vaqt shayx gapdan to'xtab menga qaradilarda: Ey, Ibn Annahviy! Osiy va gunohkorlarning maqomidaman, dedilar. Bu gapni eshitib  xayratda qoldim va salom berib sekin ketdim. O'sha kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushimda ko'rdim. U zot bir tepalikning ustida turibdilar, sahobalar u kishining atroflarida, odamlar to'plangan. Shu payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Qani Tojuddin ibn Atoulloh? - dedilar. Ibn Atoulloh: Men shu erdaman, deb javob berdilar . Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: Tur o'rningdan va gapir. Alloh taolo sening gapingni yaxshi ko'radi, dedilar . Ibn Atoulloh Allohning muhabbati haqida gapira boshladilar.

Alahsib o'rnimdan turdim va shu zahoti Ibn Atoullohning huzurlariga yugurdim. Qarasam u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida gapirayotgan gaplarini aytib turgan ekanlar. O'zimga o'zim: Mana bu yuksak maqom ekan, dedim. Shunda Ibn Atoulloh menga tabassum bilan boqib: Ey, Ibn Annahviy! Senga maxfiy bo'lganlari bundan ham buyuk, dedilar.

 

Homidjon domla Ishmatbekov,

O'zbekiston musulmonlari idorasi

raisining birinchi o'rinbosari.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Hijriy yangi yil: Muharram oyini qanday o‘tkazish kerak?

16.06.2026   5774   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym