frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Qiz bolani uning iznisiz turmushga bersa bo'ladimi?

30.09.2021   2096   2 min.
Qiz bolani uning iznisiz turmushga bersa bo'ladimi?

Ota-onalar qizlari voyaga etgach uni turmushga berishda har xil yo'lni tutishadi. Ba'zi birovlar qizlarining roziligi bilan  uni turmushga bersalar, ayrim kishilar esa qizdan izn olishga unchalik ham e'tibor bermaydilar.

Aslida, qiz bolani turmushga berishda uning izniga qarash kerakmi?

Ha, qiz bola voyaga etgach uning roziligiga-izniga qarash kerak.  Islom dinida qiz bolani roziligini, iznini olmasdan, uni majburlab erga berish mumkin emas. Har bir mo'min-musulmon qizining roziligini, iznini olib so'ngra uni turmushga uzatadi. Voyaga etgan qiz bolaning roziligini, iznini olib turmushga berish haqida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Juvon (avval turmush ko'rgan ayol) o'zi bilan maslahat qilinmaguncha turmushga berilmaydi. Bokira qizni esa uning izni-roziligi olinmaguncha turmushga berilmaydi”. Sahobalar: “Yo Rasululloh, uning roziligi qanday (bilinadi)?” deb so'rashdi. “Sukut saqlashi (roziligidir)”, dedilar (Muttafaqun alayh).

Albatta, ota-onaning roziligi va qiz bolaning izni bilan qurilgan oila eng baxtli oilalardan bo'ladi, inshaalloh. Alloh taolo o'g'il-qizlarimizning ikki dunyoda saodatli bo'lishlarini nasib etsin!

 

R. Akbarov,

O'zbekiston musulmonlar idorasining

Qashqadaryo viloyatdagi vakillik xodimi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

19.08.2026   11338   1 min.
Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

Ularga maktab kiyimlari, poyabzal va ryukzaklar bepul berildi.

Xayriya aksiyasi Toshko‘prik masjidi imomi Doniyor Matlabov tashabbusi bilan o‘tkazildi, xabar bermoqda «Samarkandskiy vestnik» nashri.

Masjid ahli va homiylar ko‘magida 35 ta ehtiyojmand oila farzandlari uchun yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zarur narsalar xarid qilindi. Sovg‘alar maktab o‘quvchilariga topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari