Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Oktabr, 2025   |   29 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:23
Quyosh
06:41
Peshin
12:13
Asr
15:51
Shom
17:37
Xufton
18:49
Bismillah
21 Oktabr, 2025, 29 Rabi`us soni, 1447

Taniqli ulamolarning onlayn mav'izasidan bahra oling!

28.09.2021   1154   1 min.
Taniqli ulamolarning onlayn mav'izasidan bahra oling!

Habaringiz bor, bugun, 28 sentyabr' kuni yurtimizdagi bir guruh taniqli ulamolarning Sirdaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni.

Ayni paytda ulamolar hududdagi masjidlarda namozxonlarga ma'rifiy suhbat qilib bermoqda. Ular internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatilmoqda.

Quyidagi manzillar orqali taniqli ulamolarning go'zal mav'izasini to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin:

Sirdaryo tumanidagi “Ahmad ibn Malik” jome masjidida O'zbekiston musulmonlari idorasi bo'lim mudiri Alijon qori Fayzulla Maxdum o'g'li:

Hovos tumanidagi “Hovos” masjidida Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfuddinov:

Oqoltin tumanidagi “Hazrati Ali” masjidida O'zbekiston musulmonlari idorasi mas'ul xodimi Abror domla Muxtor Aliy:


O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Juma kuni tutsa bo‘ladimi?

20.10.2025   1407   1 min.
Juma kuni tutsa bo‘ladimi?

Savol: Dovud alayhissalom ro‘zasi haqida tushuncha bersangiz, uni juma kuni ham tutsa bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dovud alayhissalom ro‘zasi haqida Imom Buxoriy rahimahulloh quyidagi hadisni rivoyat qilganlar:

Abul Abbos Makkiy aytadi: “Men Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu taolo anhumoning shunday deganini eshitdim: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga: “Sen doimo ro‘za tutar va kechalari ibodat qilar ekansan?” – dedilar. Men: “Ha”, dedim.

U zot alayhissalom: “Agar sen shunday qilsang, ko‘zing zaiflashib, nafsing toliqadi. Kim yil bo‘yi ro‘za tutsa, ro‘za tutmabdi. Har oyda uch kun ro‘za tutish – yil bo‘yi ro‘za tutish kabidir, dedilar.

“Men bundan ham ko‘prog‘iga qodirman”, dedim.

U zot alayhissalom: “Unda Dovud alayhissalomning ro‘zasini tut, u kishi bir kun ro‘za tutar va bir kun og‘zi ochiq bo‘lar hamda dushmanga yo‘liqqanda qochmas edi”, dedilar.

Kimdir mazkur hadisga amal qilib, Dovud alayhissalom ro‘zasini tutayotganda uning ro‘zasi juma kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, hech karohiyatsiz joiz bo‘ladi.

Kishining nafl ro‘za tutishga odatlangan kunlari yoki Ashuro kuni kabi fazilatli ro‘zalar juma, shanba yoki yakshanba kunlaridan biriga to‘g‘ri kelib qolsa, shu kuni ro‘za tutishi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.