Habaringiz bor, bugun, 28 sentyabr' kuni yurtimizdagi bir guruh taniqli ulamolarning Sirdaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni.
Ayni paytda ulamolar hududdagi masjidlarda namozxonlarga ma'rifiy suhbat qilib bermoqda. Ular internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatilmoqda.
Quyidagi manzillar orqali taniqli ulamolarning go'zal mav'izasini to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin:
Sirdaryo tumanidagi “Ahmad ibn Malik” jome masjidida O'zbekiston musulmonlari idorasi bo'lim mudiri Alijon qori Fayzulla Maxdum o'g'li:
Hovos tumanidagi “Hovos” masjidida Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfuddinov:
Oqoltin tumanidagi “Hazrati Ali” masjidida O'zbekiston musulmonlari idorasi mas'ul xodimi Abror domla Muxtor Aliy:
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Imom Bayhaqiy rohimahulloh Fotir surasining "Xush kalomlar Unga ko‘tarilur" 10-oyati haqida shunday deganlar:
“Xush kalomlar va sadaqaning ko‘tarilishi ularning (Alloh tomonidan) qabul bo‘lganiga ishoradir. Farishtalarning yuksalishidan esa osmondagi manzillariga ko‘tarilishlari nazarda tutilgan. Ammo, “Allohga ko‘tarilish” degan ma’noning bu o‘rindagi ta’biri salaf solihlar tomonidan tafviz qilish bilan bo‘lsa, ulardan keyin kelgan imomlar tomonidan ta’vil qilish bilan bo‘ladi."
Ibn Battol rohimahulloh aytadilar:
“Mana shu bobda Imom Buxoriyning maqsadlari (mutashobih) oyat va hadislarining zohirini oladigan mujassima jahmiyalarga raddiya berish bo‘lgan. Alloh taolo jism emasligi aniq bo‘ldi, demak u biror makonga o‘rnashib olishga ham muhtoj bo‘lmaydi. Zero, Alloh biror makon bo‘lmagan paytda ham bo‘lgan. Alloh taolo farishtalarning ko‘tarilishini O‘ziga nisbat berishi bu ishni sharafli ekaniga dalolat qiladi. Demak, Unga ko‘tarilishlikning ma’nosi Allohni makondan poklagan holda, darajasini ulug‘lash bo‘ladi”.
Rustam Oxunjonov "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus
islom ta’lim muassasasi Matbuot kotibi
Manba: @ahnafuz