Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Sentabr, 2025   |   2 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:54
Quyosh
06:12
Peshin
12:20
Asr
16:30
Shom
18:21
Xufton
19:33
Bismillah
24 Sentabr, 2025, 2 Rabi`us soni, 1447

Anons: Ulamolarning bugungi Sirdaryo viloyati masjidlariga tashrif rejasi

28.09.2021   1086   6 min.
Anons: Ulamolarning bugungi Sirdaryo viloyati masjidlariga tashrif rejasi

Bugun, 28 sentyabr' kuni Toshkent shahridan Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgan yurtimizning taniqli ulamolari safarning ikkinchi kunida quyidagi masjidlarga borishi ko'zda tutilgan: 

 

Yangiyer shahridagi “Muhammad Bobur” masjidiga (peshinga), Hovos tumanidagi 
“Abu Hurayra” masjidiga (asrga) O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov; 

Hovos tumanidagi “Ahmadxo'ja” masjidiga (peshinga) va “Umar ibn Hattob”   masjidiga (asrga) O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari Ibrohimjon domla Inomov;  

Sayxunobod tumanidagi “Abduolim ota” masjidiga (peshinga) O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining maslahatchisi Salohiddin domla Sharipov; 

Yangiyer shahridagi “Abduqahhor hoji” masjidiga (peshinga), Hovos tumanidagi “Abu Hanifa” masjidiga (asrga) O'zbekiston musulmonlari idorasi mas'ul xodimi Abror domla Muxtor Aliy;

Hovos tumanidagi “G'oyibota” masjidiga (peshinga) va Shirin shahridagi “Nurli yo'l” jomesiga (asrga) Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari Abduqahhor domla Yunusov; 

Guliston shahridagi “Guliston” masjidiga (peshinga) va Boyovut tumanidagi “Abduxoliq G'ijduvoniy” masjidiga (asrga) Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfuddinov;  

Guliston tumanidagi “Isoxonto'ra” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Hazrati Umar” jomesiga (asrga) Toshkent shahar Olmazor tumani bosh imom-xatibi Abdulloh domla Yuldashev;

Guliston tumanidagi “Islomobod” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Ko'nchi” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “Ubay ibn Ka'b” masjidi imom-xatibi Abduhakim qori Matqulov;  

Guliston tumanidagi “Usmon ota” masjidiga (peshinga) Toshkent shahridagi “Ho'ja Alambardor” masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov;

Mirzaobod tumanidagi “Zomin” masjidiga (peshinga) va Hovos tumanidagi “Hazrat” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “Hazrati imom” masjidi imom-xatibi Habibulloh domla Abdurazzaqov;

Hovos tumanidagi “Hizrobod” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Husnobod” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “Al-Hudaybiya” masjidi imom-xatibi Murodulla domla Hunazarov;  

Guliston tumanidagi “Hojiobod” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Halqobod” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “Omina” masjidi imom-xatibi Yusufxon domla Muhiddinov;  

Mirzaobod tumanidagi “Mahdumi A'zam” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Oydin” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “To'ra buva” masjidi imom-xatibi Shavkat domla Hamdamov;

Mirzaobod tumanidagi “Madaniyat” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Abu Dardo” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “Oqilon” masjidi imom-xatibi Sobirjon domla Rustamov;

Mirzaobod tumanidagi “Zangi ota”  masjidiga (peshinga) va tumandagi “Mulla Botir” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “Yakkasaroy” masjidi imom-xatibi Salohiddin domla Tashanov; 

Qolaversa, ushbu muloqot va tadbirlarda diniy soha rahbarlari va mutasaddi vakillar ham ishtirok etishi reja qilingan.

Alloh taolo ulamolarimiz safarini xayrli va manfaatli qilsin!

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ash-Shamoil al-Muhammadiyya: 6-qism

23.09.2025   1404   1 min.