Habaringiz bor, bugun, 27 sentyabr' kuni yurtimizdagi bir guruh taniqli ulamolarning Jizzax viloyatiga tashrifi boshlandi.
Ayni paytda ulamolar hududdagi masjidlarda namozxonlarga ma'rifiy suhbat qilib bermoqda. Ular internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatilmoqda.
Quyidagi manzillar orqali taniqli ulamolarning go'zal mav'izasini to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin:
Hovos tumanidagi “Hovos” masjidida Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom-xatibi
Rahmatulloh domla Sayfuddinov:
Oqoltin tumanidagi “Hazrati Ali” masjidida O'zbekiston musulmonlari idorasi mas'ul xodimi
Abror domla Muxtor Aliy:
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Har kuni farzandlarimni bog‘chaga olib borar ekanman, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini eslataman: “Taomlanishdan oldin qo‘llaringizni yuving, ovqatni o‘ng qo‘lingiz bilan “bismillah”ni aytib yeng, taomlanib bo‘lib Allohga hamd ayting, Allohni zikr qilishni unutmang, ayniqsa “Subhanallohi va bihamdihi”ni ko‘p ayting, juma kunlari salavot: “Allohumma solli ’alaa Sayyidina Muhammad”ni aytishni ko‘paytiring”.
Kunlarning birida bolalarimni bog‘chaga olib ketardim. Odatdagidek kundalik odoblarni unutmasliklarini birma-bir takrorlab, eslatdim. Bolalarimni bog‘cha opasiga topshirib, “Allohim farzandlarim O‘zingga omonat. Hasbiyallohu laa ilaha illa huva ’alayhi tavakkaltu va huva Robbul ’arshil ’aziym”, deb ortimga qaytdim.
Shunda bog‘cha opasi: “Farzandlaringiz juda tarbiyali. Har safar ovqatlanib bo‘lishgach, duo qilishadi”, dedi. Bu gapdan nihoyatda quvonib ketdim. Chunki dilbandimning sevikli Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odoblaridan biriga amal qilishi men uchun dunyo va undagi jamiki narsalardan sevimliroqdir. Shunda hayolimda faqat bir gap aylanardi: “Demak, farzandlarga odobni qayta-qayta eslataverish, aslo malollanmaslik va erinchoqlik qilmaslik kerak ekan”.
Siz ko‘zingiz quvonchiga qaysi odoblarni eslatyapsiz.....?
Davron NURMUHAMMAD