Bugun, 27 sentyabr' kuni Jizzax shahar markazida “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, qiroat ilmi ustozi Alijon qori tashrif buyurdi.
Tadbirda mutasaddi vakillar, imom-xatib, tolibi ilm va boshqa Qur'on karim shaydolari qatnashdi.
Ochilish marosimi tafsilotlarini muslim.uz va AlQuran.uz portalining sayt va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan