Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Noyabr, 2025   |   21 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:46
Quyosh
07:07
Peshin
12:12
Asr
15:25
Shom
17:10
Xufton
18:25
Bismillah
12 Noyabr, 2025, 21 Jumadul avval, 1447

Dinda savolim bor: Duo qilayotganda kaftlarimizni orasini ochgan afzalmi yoki birlashtirgan?

24.09.2021   1770   1 min.
Dinda savolim bor: Duo qilayotganda kaftlarimizni orasini ochgan afzalmi yoki birlashtirgan?

— Duo qilayotganda kaftlarimizni orasini ochgan afzalmi yoki birlashtirgan? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qanday duo qilganlar?

— “Ad-Dur al-muxtor” kitobida keladi: “Safo, Marva va Arafotda esa xuddi duodagi kabi qo'llarini ko'taradi. Bu o'rinda va istisqo namozida qo'llarni ko'tarish mustahab hisoblanadi. Hullas, qo'llarini ko'ksi barobarida osmonga qaratib ochadi. Chunki, samo duoning qiblasidir. Ikki qo'li orasini (yopishtirmasdan) biroz ochiq joy qoldiradi... Undan (ya'ni duodan) keyin (qo'lni) yuzga surtish (mazhabimizdagi turli qavllar ichidan) eng sahihiga ko'ra sunnatdir”.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar

12.11.2025   1810   1 min.
Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar

Bugun, 12 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi  raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Diniy idorada bo‘lib o‘tgan tadbirda nishonni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ulug‘bek Muhamedov topshirdi.

Ulug‘bek Muhamedov o‘z so‘zida davlatimiz Rahbari tashabbuslari asosida olib borilayotgan yangilanishlar va inson qadrini yuksaltirishdagi sa’y-harakatlarga hamohang tarzda sakkiz millionlik a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham samarali faoliyat olib borayotganini aytib o‘tdi. Ayni paytda, bu ishlarda diniy soha xodimlari ham faol ishtirok etayotgani davlat miqyosida e’tirof qilinayotgani, Muftiy hazratlari boshchiligida keyingi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar e’tirofining ramziy ifodasi o‘laroq O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham ushbu esdalik nishonni taqdim etayotganini ta’kidladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Muftiy hazratlarini esdalik nishoni va barchani kasaba uyushmasi xodimlari bayrami bilan qutladi. Shuningdek, diniy jabhaga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va e’tiroflarga javoban har bir soha xodimi yanada mas’uliyat va shijoat bilan ishlashi, millat va din ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishi kerakligini eslatib o‘tdi. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifa va dasturlar ijrosini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatgan, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lida ibratli faoliyat olib borayotganlarga taqdim etiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar