1. Yuzdagi uyqu asarini qo'l bilan aritish.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyg'onib, o'tirdilar va yuzlarini ishqalab, uyquni aritdilar”(Imom Muslim rivoyati).
2. Quyidagi duoni o'qish:
اَلْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَحْيَانَا بَعْدَ مَا أَمَاتَنَا وَإِلَيْهِ النُّشُورُ
“Alhamdu lillahillaziy ahyana ba'da ma amatana va ilayhin nushur”
“Bizni vafot ettirgandan keyin qayta tiriltirgan Allohga hamdu sanolar bo'lsin. Qayta tirilish Uning O'zigadir”.
3. Og'izni misvok yoki boshqa vositalar bilan tozalash.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tunda uyqudan turganlarida og'izlarini misvok bilan tozalar edilar”(Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
4. Qo'lni yuvish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortangiz uyqudan tursa, kaft qo'llarini idishga solmasdan, uch marta yuvsin”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
5. Burunni qoqish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortangiz uyqudan tursa, burnini uch marta qoqib tashlasin, zero shayton uning dimog'i tunagan bo'ladi”(Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Buxoro shahridagi «Abu Bakr as-Siddiq» jome masjidida gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolar uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan tashkil etilgan suhbatni imom-xatib Orif domla To‘qsonov olib bordi. «Qalb pokligi — ruhiy tarbiya asosi» mavzusida kechgan suhbat malakali surdo tarjimoni vositasida ishtirokchilarga yetkazildi.
Uchrashuv davomida qatnashchilar aqida, fiqh va ijtimoiy hayotga oid savollariga batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarga xayriya ehsonlari tarqatildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati