Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Noyabr, 2025   |   29 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:54
Quyosh
07:17
Peshin
12:14
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:20
Bismillah
20 Noyabr, 2025, 29 Jumadul avval, 1447

Qo'lidan va tilidan boshqalar ozor topmagan kishi musulmonlarning afzalidir

23.09.2021   847   2 min.
Qo'lidan va tilidan boshqalar ozor topmagan kishi musulmonlarning afzalidir

Bugun, 23-sentiyabr' kuni Toshkent shahar “Ubay ibn Ka'b” jome masjidi imom-xatibi Abdulhakim qori Matqulov Nurota tumanidagi "Nurota" yodgorlik majmasiga tashrif buyurdi. Ustozga Eshon Boboxon hazratlari hamroxlik qildi.

Ulamolar majmuadagi “Chilustun” jome masjidida peshin namozini jamoat bilan ado etdi. So'ng Abdulhakim qori Matqulov "Tinchlik-xotirjamlik ne'matining qadri" mavzusida suhbat qilib berdi.

Darhaqiqat, Qur'onning 50 dan ziyod surasidagi yuzlab oyatlarda musulmonlar sulh-murosa, tinchlik va bag'rikenglikka chaqirilgan. Musulmonlar uchun eng afzal amal haqida kelgan hadisda shunday deyiladi: “Rasululloh alayhissalomdan so'radilar: “Ey, Allohning Rasuli! Musulmonlarning afzali qaysi kishi?”. U zot alayhissalom: “Qo'lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor topmagan kishidir”, – deb javob berdilar” (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Demak, tinchlik va xotirjamlik Alloh taoloning katta ne'matlaridan biridir. Qolaversa, barcha ezgu ishlar ro'yobga chiqishining boisi ham osoyishtalikdir. Shunday ekan, insonlar nafaqat mavjud tinchlikni qadriga etib, shukrini ado etishlari, balki unga noshukrlik qilib putur etkazishdan ham saqlanishlari lozim.

Tashrif davomida ulamolar Nuriy tahallusi bilan mashxur Sayyid ad-Din Abu Hasan maqbarasini ziyorat qilishdi. U erda Qur'on tilovat qilinib, xayrli duolar qilindi.
Safar davom etmoqda...

Alloh taolo ulamolarimiz safarini xayrli va manfaatli qilsin!

hazratnavoi.uz| @hazratnavoi_uz
#Navoiyga_ulamolar_tashrifi
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


@muslimuzportal | @vaqfuz | @diniysavollar

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sirdaryo viloyatida tajvid darslari

19.11.2025   1056   1 min.
Sirdaryo viloyatida tajvid darslari

Xabaringiz bor, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan imom-xatiblar va imom noiblari uchun navbatdagi maxsus "Tajvid darslari" boshlandi.

Bugun, 19 noyabr kuni Sirdaryo viloyatida "Tajvid darslari"ning ilk mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. "Qur’on va tajvidni o‘rgatish" hamda Masjidlar bilan ishlash bo‘limlari  hamkorligida tashkil etilgan ushbu dars oldidan "Qur’on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limi boshlig‘i, o‘n qiroat sohibi Ustoz Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum tajvid ilmining fazilati va uning imomlik vazifasidagi ahamiyati haqida ma’ruza qildi.

Viloyat bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov imom-xatiblar va imom noiblar uchun tashkil qilingan bunday "Tajvid darslari" yurtimizda ilm ahlining darajasini yanada oshirishini ta’kidladi.

Sirdaryo viloyatida Abdusamad qori Mamasoliyev amaliy mashg‘ulot olib bormoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Sirdaryo viloyatida tajvid darslari Sirdaryo viloyatida tajvid darslari Sirdaryo viloyatida tajvid darslari Sirdaryo viloyatida tajvid darslari Sirdaryo viloyatida tajvid darslari
O'zbekiston yangiliklari