Husniddin JO'RAYeV
Mirzaobod tumani "Zangi ota " jome masjidi imom-xatibi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, mag‘firat qilinadi», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon" surasini o‘qisa, yetmish ming farishta tonggacha uning haqqiga istig‘for aytib chiqadi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi yoki juma kuni "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», dedilar.