Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2026   |   11 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:06
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:21
Bismillah
25 Iyul, 2026, 11 Safar, 1448

Homidjon domla Ishmatbekov: Robbisini zikr qiladigan va qilmaydiganlar go'yoki tirik va o'lik kabidir

23.09.2021   2427   2 min.
Homidjon domla Ishmatbekov: Robbisini zikr qiladigan va qilmaydiganlar go'yoki tirik va o'lik kabidir

Navoiy viloyati safari davomida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o'rinbosari Homidjon Ishmatbekov Qiziltepa tumaniga tashrif buyurib, asr namozini “Toshmasjid” jomesida jamoat bilan ado etdi, so'ng masjid qavmiga “Zikrning fazilati”, “Oila muqaddas dargoh”, “Shukronalik” mavzularida ilmiy-ma'rifiy suhbat qilib berdi.

Suhbat asnosida dinimizda targ'ib qilingan, savobli va Parvardigorga sevimli amallardan biri – Alloh taoloni ko'p zikr qilish, uni hamdu sanolar bilan eslab yod etish ekani ta'kidlandi. Zero, Alloh taoloni eslab yod etish bandaga dunyo va oxiratda ko'plab foydalar keltiradi.

Birinchidan, banda Alloh taoloni zikr qilish bilan Robbisining ilohiy buyrug'ini bajargan bo'ladi. Alloh taolo Qur'oni karimda shunday deydi: “Ey, imon keltirganlar! Allohni ko'p zikr qilingiz va ertayu kech Unga tasbeh aytingiz!” (Ahzob surasi 41-42-oyatlar).

Ikkinchidan, Alloh taolo mag'firat va ulug' ajr va'da qilgan erkak va ayollardagi bir nechta sifatlardan bir sifatga ega bo'ladi.

Payg'ambarimiz alayhissalom zikr qiluvchi kishi va zikr qilmaydigan kishini quyidagicha tasvirlaydilar: “Robbisini zikr qiluvchi va Robbisini zikr qilmaydigan kishining misoli xuddi tirik va o'lik kabidir” (Muttafaqun alayh).

Alloh taoloning roziligini topish va oxiratda yutuqqa erishish musobaqasida g'olib bo'luvchilar Alloh taoloning zikrini ko'p qiluvchi mo'min va mo'minalardir. Zero, Payg'ambarimiz alayhissalom shunday marhamat qilganlar: “Mufarridlar peshqadam bo'ldilar”. “Ey, Allohning Rasuli! Mufarridlar kimlar?”, deyishdi. U Zot alayhissalom: “Alloh taoloni ko'p zikr qiluvchi erkak va ayollar”, – deb javob berdilar.

Alloh taolo barchamizni ko'p zikr qiluvchi bandalaridan qilib, ikki dunyo saodatiga musharraf aylasin!

Ma'rifiy suhbat davomida masjid qavmi savollariga javob oldi. Yakunda xayrli duolar qilindi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Safaranoma saboqlari

24.07.2026   9923   1 min.
Safaranoma saboqlari

Shoir Shahriyor Shavkatning Afg‘oniston safarini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib bordim. Safar haqida gazetada e’lon qilingan ikki-uch maqoladan ham xabardorman. Yaqinda Shahriyordan Telegram ilovamga shunday xabar keldi: “Assalomu alaykum. Yaxshimisiz? Sizga bir kitob atagandim, qayerga olib boray?” Xabarni o‘qib, “Jadid” gazetasi 2025 yildagi eng sara maqolalar to‘plamini nashr qilgan chog‘i”, deb o‘yladim. Biroq keyingi yozishmalardanm “Hirotga, bobomning huzuriga!” nomli kitob nashr etilgani oydinlashdi. Muallifga muborak, elga
manfaatli bo‘lsin!

So‘ngi vaqtda elektron kitoblarni afzal ko‘rib qoldim. Yuki yengil, smartfoningiz yoningizda bo‘lsa – bas, kun, tun, qor, yomg‘ir, anomal issiq yo sovuqni bahona qilmay, xohlagan joyda o‘qib ketaverasiz. Buning ustiga o‘zingizga ma’qul alifboga ham o‘girib olishingiz mumkin. “Bosmasini keyinroq olarman, elektron varianti bo‘lsa, o‘shani tashlang”, deb yozdim Shahriyorga. Tashlab berdi. Ikkiuch kun, ishdan so‘ng uyga borganda uyqu oldidan o‘qidim. Va kitobdagi o‘zimni ta’sirlantirgan voqealar, boshqalarni ham ta’sirlantirishi kerak bo‘lgan hodisalar haqida yozgim keldi...

 

Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,
"Ziyo" media markazi direktori


Manba: “Jadid” gazetasi

Gazetani yuklab olish uchun
 

Maqolalar