Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

Halqqa xizmat – oliy fazilat

22.09.2021   805   2 min.
Halqqa xizmat – oliy fazilat

Ulamolarimizning Navoiy viloyatiga tashriflari boshlandi. Ushbu uchrashuvlar namozxonlarning ma'rifatini, ma'naviyatini yanada yuksaltirib, ularga ko'tarinki ruh bag'ishlamoqda.

Hususan, bugun Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari ustoz Abduqahhor domla Yunusov Navbahor tumani “Shayx Abul Hasan Haraqoniy” masjidi namozxonlari bilan uchrashdilar. Peshin namozi ado etilgach, mo'min-musulmonlarga "Halqqa xizmat oliy fazilat" mavzusida amri-ma'ruf qildilar.

Darhaqiqat, mo'min banda doim xalq xizmatida bo'lishga va ularga manfaat etkazish harakatida bo'ladi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyati qilinadi. Nabiy salallohu alayhi vasallam: "Daraxtlar orasida bir daraxt bor, bargini tashlamaydi, u musulmonga o'xshaydi, aytinglar-chi, bu qaysi daraxt?" dedilar. Odamlar bundoq daraxt, undoq daraxt deb aytdilar. Men: «xurmo daraxti» demoqchi bo'ldim, lekin yosh yigit bo'lganim uchun aytishga uyaldim. Rasullox salallohu alayhi vasallam: "U xurmo daraxti" dedilar.

Demak Nabiy solallohu alayhi vasallam xalqqa foydasi ko'p tegadigan va yaxshiligi bardavomli mo'minni xurmo daraxtiga o'xshatdilar.

Shundan so'ng, ustoz Abduqahhor domla Yunusov aziz namozxonlarning qizirtirgan savollariga batafsil javoblar berdilar.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ilm olish yo‘llari: Muqaddima - 1 son

08.07.2025   3509   1 min.

#Ajdodlar_merosini_o‘rganamiz

Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi.

Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.


Abduvohid domla Ahmadaliyev
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi mutaxassisi