Ulamolarimizning Navoiy viloyatiga tashriflari boshlandi. Ushbu uchrashuvlar namozxonlarning ma'rifatini, ma'naviyatini yanada yuksaltirib, ularga ko'tarinki ruh bag'ishlamoqda.
Hususan, bugun Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari ustoz Abduqahhor domla Yunusov Navbahor tumani “Shayx Abul Hasan Haraqoniy” masjidi namozxonlari bilan uchrashdilar. Peshin namozi ado etilgach, mo'min-musulmonlarga "Halqqa xizmat oliy fazilat" mavzusida amri-ma'ruf qildilar.
Darhaqiqat, mo'min banda doim xalq xizmatida bo'lishga va ularga manfaat etkazish harakatida bo'ladi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyati qilinadi. Nabiy salallohu alayhi vasallam: "Daraxtlar orasida bir daraxt bor, bargini tashlamaydi, u musulmonga o'xshaydi, aytinglar-chi, bu qaysi daraxt?" dedilar. Odamlar bundoq daraxt, undoq daraxt deb aytdilar. Men: «xurmo daraxti» demoqchi bo'ldim, lekin yosh yigit bo'lganim uchun aytishga uyaldim. Rasullox salallohu alayhi vasallam: "U xurmo daraxti" dedilar.
Demak Nabiy solallohu alayhi vasallam xalqqa foydasi ko'p tegadigan va yaxshiligi bardavomli mo'minni xurmo daraxtiga o'xshatdilar.
Shundan so'ng, ustoz Abduqahhor domla Yunusov aziz namozxonlarning qizirtirgan savollariga batafsil javoblar berdilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#Xushxabar
Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani singari Toshkent viloyatida ham xayrli ishlar bir-biriga ulanib ketyapti. Shukrki, tez-tez biror yangi jomening ochilish marosimiga yoki ilk g‘isht qo‘yish tadbiri o‘tkazilganiga guvoh bo‘lyapmiz.
Bu, albatta, so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi in’ikosidir.
Shu yil 14 iyul kuni Bo‘stonliq tumanidagi «Sayidboy o‘g‘li Vali Xalfa» masjidining yangi binosidga ilk g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mutasaddi rahbarlar, viloyat bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov, tuman bosh imom-xatibi, nuroniy otaxonlar, mahalla faollari hamda saxovatpesha homiylar ishtirok etdi.
Ezgu niyat bilan yangi masjidga qo‘yilgan ilk g‘ishtni Alloh taolo muborak qilib, tez va qisqa fursatda bu jome qurib bitkazlishini nasib aylasin.
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati