Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Fil sohiblari qissasi

21.09.2021   3198   4 min.
Fil sohiblari qissasi

Yamanda Abraha bin as-Sobah ismli habashiston podshosi bo'lib, u Payg'ambarimiz sollalohu alayhi vasallam davridagi habashiston podshosi Ashama an-Najjoshiyning bobosi bo'lgan. Abraha “Qullays” nomli kanisa qurdirgan edi. Maqsadi arab hojilarini yo'lini unga burish bo'lgan. Kunlarning birida Kinonalik bir kishi kechasi kanisaga kirib hojat qiladi. Bu holat podshoni qattiq g'azabini keltiradi va shu sababli Ka'bani buzishga qasam ichadi. Bu bilan Makkani fath qilib, Yamanni Shom bilan bog'lash va nasroniylarning shahrini kengaytirishga erishmoqchi bo'ladi.

Podsho bu maqsadini amalga oshirish uchun katta qo'shinni qurollantiradi va arablarni qo'rqitish maqsadida ularga bahaybat fillardan o'n ikkitasini (bir rivoyatda 1000 ta) qo'shib oladi. Makkaga yaqin bo'lgan “Mag'ommas” degan joyga etib kelgach, Makka ahliga chopor yuborib, ularga ular bilan jang qilgani emas balki Ka'bani buzishga kelganini xabarini berdiradi. Arablar Abraha va uning qo'shini bilan jang qilishga kuchlari etmasligini bilib, tog'larga bekinishadi. Arablar Ka'bani himoya qiluvchi Robbisi borligiga ishonib, Abraha va uning qo'shiniga nima bo'lishini kuzatish uchun tog'dan nazar tashlay boshladilar.

Qo'shin Makkaga yaqinlashgach, Abraha arablarning mol-mulklarini talon-taroj qilishga buyurdi. Payg'ambarimiz sollalohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmuttalib bin Hoshimning ikki yuzta tuyasi bor edi. Abrahaning askarlari u tuyalarni o'zlari bilan olib ketdilar. Podsho Hannata al-Humayri degan kishini Makkaga yubordi. Unga o'zini jang qilish uchun emas balki ularni Baytullohdan to'sqinlik qilish uchun kelganini va qurayshliklarning eng hurmatli kishisini olib kelishni buyurdi. Arablar Hannataga Abdulmuttalibni ko'rsatishdi. Abdulmuttalib unga jang qilishni istamasliklarini, hatto bu ishga ularda kuch yo'qligini, Ka'ba Allohning bayti ekanligini, uni Baytning egasi himoya qilishini aytdi. Hannata uni o'zi bilan podshoning oldiga olib ketdi. Abraha Abdulmuttalibni ko'rgach hurmat ko'rsatdi. Abdulmuttalib kelishgan va xushbichim kishi edi. Abraha tahtidan tushib, gilamda birga o'tirdi. Abraha Abdulmuttalibdan hojati haqida so'ragan edi, unga ikki yuzta tuyasini qaytarib berishligini aytdi.

Abraha bu holatdan ta'ajjublanib: dining va ota-bobolaring dini bo'lgan Ka'bani buzishga kelgan bo'lsamu sen, men sendan olib qo'ygan tuyalar haqida gapirayapsanmi? dedi.

Abdulmuttalib: men tuyalarning egasiman, Ka'baning egasi bor, u Uni sendan o'zi himoya qiladi dedi. Abraha uning Robbisi meni himoya qilaolmaydi dedi. Abdulmuttalib ko'ramiz dedi. Abdulmuttalib va u bilan kelgan kishilar Abrahaga Tihomaning mol-mulklaridan uchdan bir qismini olish evaziga ortga qaytishlarini aytdilar. Abraha bu talabdan bosh tortdida, Abdulmuttalibning tuyalarini esa qaytib berdi. Abdulmuttalib va u bilan kelganlar ortga qaytdilar, o'zlari va bir qancha qurayshliklar Ka'baning eshigi oldiga kelib, unin xalqasidan ushlab, Abraha va uning qo'shini ustidan g'olib bo'lishlarini so'rab duo qildilar.

Qo'shin Bayt tomon yura boshladi va Makkaga kirdilar. Ularda “Mahmud” isimli bahaybat fil bor edi. Ular filni Haram tarafga qarab yuzlantirsalar erga cho'kkalab olar, Yamanga yuzlantirsa, yugirgilab ketar edi.

Abdulmuttalib duo qilib turar ekan Yaman tarafdan qushlarga ko'zi tushdi. Allohga qasamki, u qushlar ajoyib, ular na Najdlik va na Tihomalik qushlar edi. Har bir qushning tumshug'i va oyoqlarida tosh bor, ularning ustidan tashlaganlarida, ularni halok qilar edi. Qo'shin Yaman tarafga qocha boshlar ekan, yo'l yo'lakay bo'laklarga bo'linib ketishdi. U toshlardan biri Abrahaga tegdi va barmoqlari birin ketin uzilib tusha boshladi. Tanasidagi go'shi esa burda-burda bo'lib uzulib tushur ekan, uni San'oga olib kelganlarida yomon va sharmandalik o'lim topdi.

Alloh taolo bu hodisa ila baytini maqomi va sha'nini oliy qildi hamda arablarni butun dunyoga Islom risolasini tarqatishlari uchun tayyorladi.  

Tarjimon: Yahyo Ubaydulloh o'g'li

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Registon maydonini Imom al-Moturidiy maqbarasi bilan bog‘laydigan ko‘cha rekonstruksiya qilinmoqda

14.08.2026   40161   1 min.
Registon maydonini Imom al-Moturidiy maqbarasi bilan bog‘laydigan ko‘cha rekonstruksiya qilinmoqda

Samarqandning tarixiy qismida turizm infratuzilmasini keng ko‘lamli yangilash ishlari davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan loyihalarning asosiy maqsadi xorijiy sayyohlarning qolish muddatini uzaytirish, qulay shahar muhitini yaratish va bir vaqtning o‘zida mahalliy aholining hayot sifatini oshirishdan iborat.

“Samarkandskiy vestnik” nashriga ko‘ra, turizmni rivojlantirish dasturi doirasida eski shaharning 13 ta ko‘chasi bosqichma-bosqich zamonaviy piyodalar yo‘lagiga aylantirilmoqda. Bu yerda yangi xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etilmoqda, jamoat joylari obodonlashtirilmoqda, milliy me’morchilik an’analarini saqlab qolgan holda muhandislik kommunikatsiyalari va bino fasadlari yangilanmoqda.

Eng yirik loyihalardan biri Registon maydonini Imom al-Moturidiy maqbarasi bilan bog‘laydigan Buxoro ko‘chasini rekonstruksiya qilish bo‘ldi. Ko‘chaning 850 metr qismi to‘liq piyodalar hududiga aylantiriladi. Loyihani ishlab chiquvchilardan biri, Samarqand davlat texnika universiteti o‘qituvchisi Jasur Berdiqulovning ta’kidlashicha, ilgari bu yerda qatnov qismining torligi tufayli muntazam ravishda tirbandliklar yuzaga kelgan, qulay piyodalar yo‘laklarining yo‘qligi esa piyodalar uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirgan. Ishlar yakunlangach, ko‘cha xavfsiz jamoat maydoniga aylanadi. Aholi uchun alohida to‘xtash joyi ajratilgan bo‘lib, transport vositalarining kirishiga faqat zarurat tug‘ilganda maxsus xizmatlarga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, suv, gaz, elektr va boshqa muhandislik tarmoqlari to‘liq modernizatsiya qilinmoqda.

Oltin asr mahallasida joylashgan Bag‘dod ko‘chasida ham ishlar davom etmoqda. Bu yerda 600 metrlik hudud obodonlashtirilmoqda. Loyiha doirasida zamonaviy turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari