Agar qarzdor bo'lsangiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ta'lim bergan quyidagi duolarni ixlos ila qiling. Alloh taolo duolaringizni ijobat etsin.
1. Allohumma inniy a'uzu bika minal ma'sami val mag'rami.
Allohim! Sendan ma'siyatdan va qarzdorlikdan panoh so'rayman
2. Allohumma inniy a'uzu bika minal hammi val hazani va a'uzu bika minal ajzi val kasali va a'uzu bika minal jubni val buxli va a'uzu bika min g'albatid dayni va qohrir rijali.
Allohim! Sendan g'am bosishidan, mahzunlikdan panoh so'rayman. Ojizlikdan, dangasalikdan panoh so'rayman. Qo'rqoqlikdan, baxillikdan panoh so'rayman. Qarzga botishdan va odamlarning qahridan panoh so'rayman.
3. Allohumma ikfiniy bi halalika a'n haromik va ag'niniy bi fazlika amman sivak.
Allohim! Menga haloling ila haromingdan kifoya qilgin. O'z fazling ila meni o'zingdan boshqalardan behojat qilgin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga mehr-e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning xatna to‘yi o‘tkazildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tadbirida 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar bolajonlarga xursandchilik ulashildi.
Bolalarga bayram munosabati bilan velosiped, kostyum-shim, ko‘ylak, oyoq kiyimlari hamda yana boshqa turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.
Bolalarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati matbuot xizmati