Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyul, 2026   |   4 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:00
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:57
Xufton
21:29
Bismillah
18 Iyul, 2026, 4 Safar, 1448

"Sarhisob" tanlovida ishtirok eting!

17.09.2021   2082   4 min.

 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda yangilanyotgan O'zbekistonda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ'ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, dinlararo bag'rikenglik va hamkorlik g'oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o'sib kelayotgan yosh avlodni yot g'oyalardan himoya qilishda faollik ko'rsatgan ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash va munosib rag'batlantirish maqsadida «Sarhisob» tanlovini o'tkazadi.

Tanlovning hududiy bosqichida 2021 yilning 1 yanvaridan 2021 yilning 1 noyabrgacha gazeta va jurnallarda bosilgan, radio orqali efirga uzatilgan, televideniyeda ko'rsatilgan va Internet tarmog'ida e'lon qilingan materiallar 2021 yilning 10 noyabriga qadar qabul qilinadi. Hududiy bosqich g'oliblari respublika bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritishadi.

Tanlovning hududiy bosqichi 20 noyabrgacha o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Respublika bosqichi g'oliblari hududiy bosqichda g'olib chiqqan ishtirokchilar orasidan hakamlar hay'ati tomonidan tanlov asosida saralanadi. Tanlov g'oliblari OAVda e'lon qilinadi.

Tanlovning respublika bosqichida g'olib deb topilganlar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha taqdirlanadi:

Bosh mukofot: «Jaholatga qarshi – ma'rifat» mavzusidagi eng yaxshi ijodiy ish.

Folib maxsus diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Asosiy mukofotlar:

eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (televideniye – I, II, III o'rinlar);

eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (radio – I, II, III o'rinlar);

eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (davriy matbuot – I, II, III o'rinlar);

eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (Internet – I, II, III o'rinlar);

eng faol targ'ibotchi (I, II, III o'rinlar);

Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda Internetda e'lon qilingan ishlar taqdim etiladi (3 tadan kam bo'lmasligi kerak).

Televideniye bo'yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vositaning qanday ko'rinishda bo'lishidan qat'i nazar, 5 minutdan 30 minutgacha bo'lishi kerak.

Radioeshittirishlar (audiokasseta yoki sistemali disk) 5 minutdan 30 minutgacha bo'lishi kerak.

Matbuot va Internet materiallari davriy nashrning asl nusxasi yoki ko'chirma nusxasida taqdim etilishi lozim.

 

 

Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:

– muallifning ismi-sharifi, turar joyi, uy va ish telefonlari;

– o'z sohasida olib borayotgan faoliyati to'g'risida qisqacha ma'lumot;

– pasport nusxasi.

Tanlovda ishtirok etuvchilarning materiallari har bir hudud bo'yicha O'zbekiston musulmonlari idorasining hududiy vakilliklariga top­shiriladi. Murojaat uchun ma'lumotlar:

Andijon viloyati  (74) 228-01-58

Buxoro viloyati  (65) 224-40-51

Jizzax viloyati  (72) 223-85-30

Navoiy viloyati  (36) 225-17-47

Namangan viloyati  (69) 226-10-01

Samarqand viloyati  (66) 235-34-18

Sirdaryo viloyati  (67) 227-23-00

Surxondaryo viloyati  (76) 225-52-00

Farg'ona viloyati  (73) 226-72-44

Horazm viloyati  (62)  228-44-38

Toshkent viloyati  (95) 142-14-54

Toshkent shahri  (95) 146-77-00

Qashqadaryo viloyati  (75) 225-56-32

Qoraqalpog'iston Respublikasi  (61) 229-02-64

 

«Sarhisob» tanlovida ishtirok eting va g'olib bo'ling!

 

Tashkiliy qo'mita

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sheyda Sag‘lam: O‘zbekistondagi qadamjolar asrlar silsilasidagi ma’naviy xazina

17.07.2026   7823   1 min.
Sheyda Sag‘lam: O‘zbekistondagi qadamjolar asrlar silsilasidagi ma’naviy xazina

Turkiyaning ommabop “61 Saat” yangiliklar portalida O‘zbekistonning ziyorat turizmi imkoniyatlari va milliy-ma’naviy merosiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqola muallifi, turkiyalik san’atshunos olima Sheyda Sag‘lam Toshkent, Samarqand va Buxoroga qilgan sayohati taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U O‘zbekistondagi qadamjolar har qanday sayyohni uzoq tarix qa’riga yetaklashini alohida ta’kidlagan.

Xususan, Samarqandning me’moriy ulug‘vorligi, Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi va Shohi Zinda majmuasining jozibadorligi turistlarni bir zumga bo‘lsa-da o‘tmish bilan yuzlashishga undaydi. Buyuk olim va astronom Mirzo Ulug‘bek hamda kalom ilmining asoschilaridan biri Imom Moturidiy merosi orqali ushbu zaminda ilm-fan va ma’naviyat asrlar davomida uzviy rivojlanganiga e’tibor qaratilgan.

Nashrda ko‘hna Buxoro shahrining islom olamidagi yuksak mavqei alohida e’tirof etilgan. Kalon minorasi va Ismoil Somoniy maqbarasining me’moriy mukammalligi, Bahouddin Naqshband majmuasidagi ma’naviy muhit sayohatchilarga unutilmas onlarni tuhfa etishi qayd etilgan. Muallif naqshbandiya ta’limotining asosiy g‘oyasi — “Qo‘ling ishda, qalbing Allohda bo‘lsin” hikmati bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini bayon qilgan.

Turkiyaning nufuzli media maydonida e’lon qilingan ushbu maqola ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik madaniy-ma’naviy ko‘priklarni yanada mustahkamlashga hamda turkiyalik ziyoratchilarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari