Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Musulmonlar ilm-fanda qanchalik ilg'or bo'lganini ko'rsatuvchi qo'lyozma

17.09.2021   1251   1 min.
Musulmonlar ilm-fanda qanchalik ilg'or bo'lganini ko'rsatuvchi qo'lyozma

Odam anatomiyasiga oid eng qadimiy qo'lyozmalardan biri Saudiya Arabistoni poytaxti Riyozdagi Podshoh Abdul Aziz xalq kutubxonasiga olib kelindi, deya xabar bermoqda Islam.ru.

XIV asrda yozilgan ushbu qo'lyozma “Odam tanasining anatomiyasi” deb ataladi, unda odamning ichki a'zolari haqida so'z yuritiladi va ushbu a'zolarning rasmlari ham keltirilgan. Asar muallifi – Mansur ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ilyos al-Kashmiriy. 

Ushbu kitob musulmonlar ilm-fani tarixidagi eng muhim asarlardan biri hisoblanadi. U musulmonlarning odam anatomiyasi haqida bel'giyalik shifokor Andreas Vezaliy va italiyalik Leonardo da Vinchidan oldinroq ma'lumotlarga ega bo'lganini ko'rsatadi.  

Muallif kitobda suyaklar, nervlar, venalar, arteriyalar, yuz, bugun, jigar va odam tanasining boshqa a'zolari haqida so'z yuritgan, tomirlarning faoliyatini batafsil tasvirlagan.

azon.uz

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bunday holatda namoz qaytadan o‘qiladimi?

21.07.2025   5165   1 min.
Bunday holatda namoz qaytadan o‘qiladimi?

Savol: O‘qilgan namozimdan ko‘nglim to‘lmadi. Shu namozni qayta o‘qishim kerakmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu masalaning biroz tafsiloti bo‘lib, unga ko‘ra namoz quyidagi holatlarda qayta o‘qilishi lozim:
•  Namozda biror farz amal bajarilmay qolib ketgan bo‘lsa;
•  Namozda biror vojib amal qasddan bajarilmay qolib ketsa;
•  Namozda biror vojib amal unutib bajarilmasa va namoz oxirida sajdai sahv ham qilinmay tugatilgan bo‘lsa.

Agar namozda sunnat amallar tark qilingan bo‘lsa yoki namoz makruhlik bilan o‘qilgan bo‘lsa, u holda namozni qayta o‘qish vojib emas, balki mustahab  (chiroyli sanalgan) ish hisoblanadi. Ushbu holatda qaytadan o‘qimasa ham gunohkor sanalmaydi.
Savolda so‘ralgan holatga kelsak, ko‘ngil to‘lmasligi yuqorida sanab o‘tilgan farz yoki vojib amal tark qilingan holatlar sababli bo‘lsa, namoz qayta o‘qilishi kerak. Ammo haqiqatda sobit bo‘lmagan shubha-gumonlar, vasvasalar sababli ko‘ngil to‘lmayotgandek bo‘lsa, u holda namozni qayta o‘qilmaydi. Chunki ko‘p hollarda “ko‘nglim to‘lmayapti”, deb namozni qayta-qayta o‘qiyverish insonni o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi va vasvasa kasaliga chalinishiga olib keladi.

Shunday ekan, namozda bajariladigan farz, vojib, sunnat amallar haqida yaxshi o‘rganish, eng asosiysi turli xayollarga chalg‘imasdan namozni e’tibor bilan ado etish lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.