Muqaddas Islom dinimizda o'zaro mehribonlik, saxiylik, qiynalgan kimsaga yordam berish va hojatbarorlik kabi xislatlarga keng targ'ib qilinadi. Darhaqiqat, inson nafaqat o'zi haqida o'ylashi, balki o'zgalar dardi bilan ham hamnafas bo'lib yashashi kerak.
Bu borada Payg'ambarimiz sallalohu alayhi vasallam ham o'z ummatlarini sifatlab shunday deganlar:
الْمُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِ كَالْبُنْيَانِ يَشُدُّ بَعْضُهُ بَعْضًا
رواه الإمام البخاري
ya'ni: “Mo'min mo'minga nisbatan bir-birini mustahkam tarzda ushlab turgan bino singaridir” (Imom Buxoriy rivoyati).
Demak, biz jamiyatda yashar ekanmiz, kundalik hayotimizda qo'ni-qo'shni, do'stu yorlar va turli insonlar bilan muloqotda bo'lamiz. Ularning orasida ijtimoiy ximoyaga muxtoj, boshiga musibat tushgan, qarzga botgan, og'ir dardga uchragan va boshqa qiyinchiliklarga duch kelgani bo'ladi. Bunday holatdagi insonlarni dardini eshitish va imkon darajasida ko'mak berish mo'minlik vazifasi hisoblanadi.
Imkoniyatimiz bor ekan, iloji boricha o'zgalarga manfaatimiz tegadigan, va muhtojning hojatini chiqaradigan ishlarni qilib olishimiz kerak bo'ladi.
Kecha 15-sentyabr kuni Yangiyo'l tumanidagi 10 nafar ijtimoiy ximoyaga muxtoj va nogiron bolalarni xomiylarni jalb qilgan xolda Toshkent viloyatidagi “Zangiota” ziyoratgoxiga ziyoratga xamda “Tashkent City”ga sayr qildirildi. Ushbu ziyoratdan va sayrdan o'ksik ko'ngillar xursand bo'ldi.
Odiljon Narzullayev
Yangiyo'l tuman Imom Culton jome masjidi Imom xatibi
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan