Moskvadagi Sharq Davlat muzeyida "Qadamjolar tasviri. Makka va Madina islom tasviriy san'ati yodgorliklarida" ko'rgazmasi taqdim etildi. Ko'rgazmada Moskva, Qozon, Novosibirsk va Yalta kollektsiyalaridan XVIII-XIX asrlardagi islom qo'lyozmalarining ilgari noma'lum miniatyuralari, shuningdek, Sharq muzeyi kollektsiyasi, Qozon kollektsiyalari va Marjani jamg'armasi kollektsiyasidan Makka va Madinani tasvirlovchi tatar, hind va pokiston shamoillari namoyish etildi.
Islam.ru xabariga ko'ra, jami qirqqa yaqin buyumlar taqdim etildi.
Ko'rgazmada Islom san'atidagi tasviriy an'ananing o'ziga xosligi, muqaddas shaharlar-Makka va Madina obrazlarining kelib chiqishi namoyish etildi. XVI-XVII asrlardagi usmonli "me'moriy" miniatyuralari ta'sirida (jumladan, miniatyurachi Nasuh Matrakchining mashhur asarlari ta'sirida) va Muhya Al-Din Lari "Futuh al-haramein" ("Ikki qadamjoni topish") qo'lyozmalari ta'sirida XVIII asrning 30-40-yillardagi qo'lyozmalarning matnlarida islom muqaddas shaharlarining rejasi bor bo'lgan, "Dalail al-Hayrat" qo'lyozmasida Madinaning reja sxemasi paydo bo'ladi, XVIII asr o'rtalariga kelib unga Makkaning ikki juft tasviri qo'shiladi. Bu qanday va nima uchun ro'y berganini tashrif buyuruvchilar ko'rgazmada bilib olishdi.
Bundan tashqari, ko'rgazmada XIX asr oxiri – HH asr boshlaridagi "Dalail al-Hayrat"va shamoil miniatyuralariga Yevropa chizmachiligining ta'siri namoyish etildi. Ko'rgazma Volga Bulg'oriyasi tomonidan islom qabul qilinganining 1100 yilligiga bag'ishlangan va “Mamlakat tarixi” jamg'armasi qo'llab-quvvatlovida o'tkazilmoqda. Ko'rgazma kuratori Il'ya Zaytsev.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Ulug‘ tobe’in Abdulloh ibn Sanobihiy rahimahulloh (asl ismlari Abdurahmon ibn Usayla)ning hayoti bugungi kun kishisi uchun – ayniqsa, vaqtning qadri, go‘zal xotima va maqsad sari intilish borasida ulkan ibrat maktabidir.
Abdurahmon ibn Usayla rahimahulloh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rish, u zotdan bevosita hadis eshitish ishtiyoqida Yamandan Madinaga qarab yo‘lga chiqadi. Biroq, Madinaga yetib kelganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafot etganlari haqida xabar topadi. Nabiy alayhissalom besh kun oldin vafot etgan edilar. Abdurahmon ibn Usayla payg‘ambarimizni ko‘ra olmay, sahobalik sharafiga 5 kun kechikkani sababli erisha olmaydi...
Bugungi kunda biz “ertaga qilaman”, “keyinroq boshlayman” deb yillarni boy beryapmiz. Smartfonlar va ijtimoiy tarmoqlar ichida yashayotgan hozirgi avlod uchun ushbu qissa – vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va xayrli ishlarni kechiktirmaslik uchun eng katta ogohlantirishdir.
Davron NURMUHAMMAD