Koreya sayyohlik tashkiloti har yili musulmon sayyohlarga “2021 yil Koreyada halol restoran haftaligi”ni o'tkazadi.
Bu yilgi tadbir 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha pandemiya tufayli butun dunyo bo'ylab “YuTUB” va “TIK-TOK” orqali jonli uzatiladi.
KTO Koreyada halol taomlarni o'rganadigan “Halol TV”ning bir qator videolarini namoyish etish reja qilingan.
Halol restoran haftaligi – KTO (Koreya sayyohlik tashkiloti) tomonidan 2015 yildan buyon an'anaviy tarzda o'tkaziladigan tadbirdan maqsad – Koreyadagi halol va musulmon restoranlarini musulmon sayyohlar orasida ommalashtirishdir.
Koreya musulmonlari federatsiyasi (KMF) ma'lumotiga ko'ra, hozirda Janubiy Koreyada 120-130 mingga yaqin musulmon aholi istiqomat qiladi.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Yaqin kunlarda Toshkent shahrda tirbandlik va ekologiya muammolarini hal etish maqsadida “aqlli” svetoforlar o‘rnatish, yo‘llarga xalqaro standartlarga mos chiziqlar tortish hamda zamonaviy avtoturargohlarni tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanadi.
Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Prezidentimizning transport tizimini modernizatsiya qilishga oid qarori ijrosini ta’minlash maqsadida maxsus tashkil etilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan tegishli taqdimot o‘tkazildi. Ushbu markaz nafaqat yo‘l harakati, balki jamoat transporti nazorati va ekologik holatni yaxshilash bilan ham shug‘ullanadi.
"Umid qilamanki, shahar hokimi boshchiligidagi jamoa qarorning ijrosini to‘laqonli ta’minlashga bor kuch va imkoniyatini qaratadi. Men buning bajarilishini shaxsan nazorat qilib boraman", — deb ta’kidladi S.Mirziyoyeva.
Poytaxt infratuzilmasi uchun o‘ta muhim bo‘lgan ushbu loyiha Toshkentdagi yo‘l harakati madaniyatini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.