Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Yanvar, 2026   |   8 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:39
Peshin
12:41
Asr
15:51
Shom
17:37
Xufton
18:52
Bismillah
27 Yanvar, 2026, 8 Sha`bon, 1447

Dunyodagi eng katta Qur'on nusxasi namoyish etiladi

08.09.2021   1283   1 min.
Dunyodagi eng katta Qur'on nusxasi namoyish etiladi

Shu yil 2 oktyabr' kuni alyuminiy materialga ishlangan dunyodagi eng katta hajmdagi Qur'oni karim nusxasi “Dubay Ekspo 2020” xalqaro ko'rgazmasida namoyish etiladi. Uni pokistonlik xattot ko'chirgan.

Pokistonlik rassom besh yil oldin alyuminiy materialga Qur'on oyatlarini yaltiroq harflar bilan o'yib chizgan. Bu alyuminiyga yozilgan 1400 yillik Islom tarixidagi dunyodagi eng katta Qur'oni karim nusxasidir. Rassom ilgari xuddi shunday shriftda alyuminiy va oltindan Allohning 99 ta go'zal ismlarini o'yib yozgan.

Shahid Razod besh yil oldin boshlagan loyihasini bu yil olti oy davom etadigan “Dubay Ekspo 2020” ko'rgazmasida namoyish etadi.

Ma'lumot uchun: Shahid Razam 2000 yilda Al Ayn universitetining «Yil rassomi» mukofotiga sazovor bo'lgan.

Qur'oni karimning alyuminiy materialga o'yib yozilgan ushbu nusxasi ramkadan tashqari uzunligi 8,5 fut (259 sm) va kengligi 6,5 fut (198 sm). Har bir sahifasi 150 so'zdan iborat bo'lib, ularning umumiy soni 550 tani tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, “Dubay Ekspo 2020” ko'rgazmasi o'tgan yil oktyabr' oyida bo'lib o'tishi kerak edi, ammo pandemiya tufayli qoldirilgandi.

Halqaro ko'rgazma shu yilning 1 oktyabridan 31 martigacha 182 kun davomida o'tkaziladi. Unda 25 milliondan ortiq tashrif buyuruvchilarni qabul qilishi kutilmoqda.

 

O'MI xalqaro aloqalar bo'limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Namanganda diniy soha xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

27.01.2026   348   1 min.
Namanganda diniy soha xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan Namangan viloyatida “Sog‘ tanda — sog‘lom aql” shiori ostida diniy soha xodimlari o‘rtasida voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Videolavhalar