— Shukrki, namoz o'qishni boshladim. Ammo faqat bomdodni o'qishga imkonim bo'lyapti. Yaqinda bir kishi “bu nojoiz, o'qisangiz hammasini birga o'qing”, dedilar. Qolgan 4 vaqt namozni o'qishga o'zimda kuch topolmayapman, nima qilsam bo'ladi?
— Bomdodni o'qisa, o'sha namozni o'qish farzini ado etgan bo'ladi. Ammo boshqa namozlarning farzi turaveradi. Ularni ham vaqtida o'qish kerak. Bomdodni o'qish juda yaxshi ish. Boshqa namozlar undan oson. Ularni ham o'qish kerak. Hech kim birorta farz yoki vojib namozni o'qimay qo'ysa bo'ladi, degan fatvoni bera olmaydi. Siz ko'p tavba qiling. Istig'for ayting. Banda qilgan gunohi sababli ibodat qilishga sustlashib qoladi. Keyin luqmangizga e'tiborli bo'ling. Insonning tanasida harom luqmadan et paydo bo'lsa, uning gunohlarga moyilligi ortib, toatlarga rag'bati kamayadi. Vallohu a'lam!
Muhammad Ayyub HOMIDOV