Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Mart, 2026   |   3 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:03
Quyosh
06:22
Peshin
12:35
Asr
16:49
Shom
18:42
Xufton
19:55
Bismillah
23 Mart, 2026, 3 Shavvol, 1447

“IMONDANDIR – VATANNI SYeVMOQ!”

31.08.2021   4793   12 min.
“IMONDANDIR – VATANNI SYeVMOQ!”

Yangi O'zbekiston jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro'-e'tiborga ega bo'lgan, har tomonlama obod va farovon  mamlakatga aylanadi.

Men bunga nafaqat ishonaman, balki shu yo'lda bor bilim va tajribamni, kuch-g'ayratimni safarbar etishga hamisha tayyorman. Barcha yurtdoshlarimizni ana shunday ulug' safda – Yangi O'zbekiston bunyodkorlari qatorida bo'lishga da'vat etaman.

Sh.M.MIRZIYoYeV

 

Mamlakatimizda so'nggi yillarda barcha sohalarda amalga oshirilayogan ulkan islohotlar ko'lami jihatidan g'oyat keng, mohiyatan insonparvar, buyuk kelajakni ko'zlangani bilan juda ahamiyatlidir.

Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonalari arafasida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri savollariga javoblarida so'nggi yillarda qo'lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyat va natijalarni ayta turib: “Halqimiz menga ishonch bildirdi, ana shu yuksak ishonchni oqlash, el-yurtimizga munosib hayot sharoitini yaratib berish – men uchun hayotimning ma'no-mazmunidir”, deya ta'kidlagani barchamizga katta g'urur, faxr va iftixor tuyg'ularini tuhfa etadi...

Darhaqiqat, inson umr bo'yi baxtga intilib yashaydi. Ammo hamma ham chinakam baxt mezonini anglab etavermaydi. Aslida, baxt bu – ona-Vatanni hur va farovon ko'rmoq ne'mati ham ekan. Yana ham ulug' sharaf – ona yurt ravnaqi, millat kelajagi uchun baholi qudrat hissa qo'shmoq ekan...

O'z davlatingiz, ozod va obod diyoringiz, yurtdoshlaringiz farovonligini o'ylab, kishilar rohat-farog'ati to'g'risida qayg'uradigan oqil va dono Prezidentimiz borligini, u aziz insonning yonida har birimiz kamarbasta bo'lishimizdan ham olijanob tuyg'u bo'lmasa kerak...

Demak, shunday mustaqil, ozod va obod Vatanda umrguzaronlik qilayotganimizdan cheksiz baxtiyormiz va bu baxtimizga doimo behisob shukr qilib yashashimiz shart! Chunki hazrati Ali raziyallohu anhu aytganlaridek, “ne'mat shukrga bog'langan. Shukr esa ziyoda bo'lish bilan aloqador. Har ikkalasi teng biriktirilgan. Bandadan shukr to'xtamaguncha, Alloh tomonidan ziyoda qilish to'xtamaydi”.

E'tiborimizni so'nggi 4-5 yil mobaynida voqelikka aylangan taraqqiyot yo'limizning hammamizga oynadek ayon ko'rsatkichlariga, har birimizning ko'z o'ngimizda sodir bo'layotgan, bir qarashda oddiy tuyulgan haqiqatlarga qarataylik...

2021 yilning 8 oyi davomida mamlakatimiz mo'min-musulmonlarining diniy-ma'rifiy ehtiyojlarini ta'minlash, masjidlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, yangidan qurish, ta'mirlash borasida qator ishlar amalga oshirilib, ayni kunlarda ham muttasil davom ettirilmoqda...

Yurtimizda barcha sohalardagi o'zgarishlar, islohotlar, yangilanish va bunyodkorliklar berayotgan samaralarga doir raqamlarni bir maqolaga sig'dira olishning aslo iloji yo'q.

Biz, avvalo, Alloh taologa shukr qilib, insonlarga ham tashakkur aytishni kanda qilmasligimiz kerak. Zero, Imom Termiziy bobomiz rivoyat qilgan hadisi sharifda Janob Payg'ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kim insonlarga tashakkur aytmasa, Allohga ham shukr qilmaydi”, – deganlar.

Bugun shu aziz Vatanning har bir farzandi yuragi hapqirib turibdi. Negaki, biz eng ulug', eng aziz ayyom – Mustaqillik bayramini, O'zbekiston Respublikasi istiqlolini qo'lga kiritganining 30 yillik shodiyonalarini katta tantana qilayapmiz.

Ana shu qutlug' ayyom arafasida dorilomon kunlarga etkazgani uchun yana va yana shukr qilish maqsadida diniy-ma'rifiy sohadagi oldingi holat va bugungi o'zgarishlarni taqqoslashga harakat qildik. Zero, haqiqat qiyosda bilinishi kundayin ravshan.

1. oldin: Bir yilda 274 million aholisi bo'lgan Sobiq Ittifoq xalqlaridan 24 odam, O'zbekistondan esa bor-yo'g'i 6 kishi hajga borgan.

2. hozir: Har yili O'zbekistondan 7.200 dan ziyod kishi muborak haj safarini va hech qanday kvotasiz umra ziyoratini ado etmoqda.

3. oldin: Qur'oni karim sanoqli oilalardagina bo'lgan.

4. hozir: Nafaqat Qur'oni karimning o'zini, o'zbek tilidagi tafsirlari, tarjimalari, sharhlari, izohlarini o'qish mumkin.

5. oldin: O'zbekiston SSR hududida 89 ta masjid bo'lgan.

6. hozir: O'zbekiston Respublikasida 2094 ta jome masjid faoliyat yurityapti.

7. oldin: Ikki hayit – Ramazon va Qurbon hayitlari, taroveh hamda xatmi Qur'on namozlari yashirincha, pana joylarda o'qilgan.

8. hozir: Barcha jome masjidlarda ikkala hayit, taroveh hamda xatmi Qur'on namozlari bemalol, emin-erkin ado etilyapti. Quvonarlisi, odam ko'pligidan masjidlarning hovlilari ham to'lib, ko'chalarga ham odam sig'may ketyapti.

9. oldin: Sobiq tuzum davrida har qanday diniy adabiyotni chop etish man etilgan, faqat O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari idorasiga har chorakda chiqadigan bitta jurnal va bitta gazetaga ijozat berilgan edi.

10. hozir: 50 ga yaqin nashriyotlarda diniy sohaning barcha yo'nalishlarida kitoblar, risolalar, davriy nashrlar chop etilyapti.

11. oldin: O'zbekiston SSR Konstitutsiyasining 2-bo'lim, 6-bob, 50-moddasidagi vijdon erkinligi qayd etilgan edi. Lekin bu amalda emas, faqat qog'ozda edi xolos.

12. hozir: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-bo'lim, V bob, 18-modda; 2-bo'lim, VII bob, 31-modda; 3-bo'lim, XIII bob, 57-modda; 3-bo'lim, XIII bob, 61-moddalari hamda yangi tahrirda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunida ham diniy e'tiqod va vijdon erkinligi mustahkam kafolatlangan.

13. oldin: Yangi tug'ilgan chaqaloqlar onasidan ajratilib, ona sutidan mahrum qilinib, pasterizatsiya qilingan sutlar bilan oziqlantirilgan.

14. hozir: Yangi tug'ilgan chaqaloq milliy va diniy qadriyatlarimizga binoan parvarishlanyapti.

15. oldin: Nafaqat diniy, balki milliy qadriyatlarimiz ham toptalgan.

16. hozir: Milliy, diniy qadriyatlarimiz ulug'lanyapti.

17. oldin: Hudosizlik, dinsizlikka targ'ib qilingan.

18. hozir: Allohga shukr, din va e'tiqod erkinligi berildi.

19. oldin: Maktab, korxona, idoralarda ro'za tutmaslik uchun ba'zi odamlarga majburlab suv, choy ichirilgan.

20. hozir: Hohlagan kishi dinimizning istalgan arkonini bemalol bajarmoqda.

21. oldin: Diniy ilm olish uchun Toshkentda Imom Buxoriy nomidagi islom instituti, Buxoroda Mir Arab madrasasi bo'lgan.

22. hozir: O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Hadis ilmi oliy maktabi, kalom, fiqh, tasavvuf, aqida, hadis maktablari, shu bilan birga, yurtimizning har bir hududida o'rta maxsus islom bilim yurtlari, ikkita ayol-qizlarga ixtisoslashgan madrasa faoliyat yuritmoqda.

23. oldin: Tabarruk qadamjolar, ulug' va aziz avliyolarimizning xoki poklari joylashgan tabarruk joylar vayron edi. Ko'pchilik ulamolarning, azizlarning mangu qo'nim topgan joylarini bilmas edik.

24. hozir: Tabarruk qadamjolar, obidalar obod etildi, ulug'larning maqbaralari obod qilinyapti.

25. oldin: Diniy xodimlar, xususan, imom-xatiblar, domlalar, otinoyilar doim ta'qibda bo'lishgan.

26. hozir: Ilm ahliga, imom-xatiblarga, otinoyilarga e'tibor kupaydi, ehtirom yuksaldi.

27. oldin: Kundalik turmush tarzimizda “Bismillahir rahmonir rahim”, “Hudoga shukr!”, Alhamdulillah!”, “Joylari jannatda bo'lsin!” va hokazo so'zlarni ishlatishga qo'rqar edik.

28. hozir: Vijdon va e'tiqod erkinligi ta'minlanib, hamma qonuniy huquqidan foydalanib, ibodatlarni emin-erkin, bemalol ado etmoqda.

29. oldin: davlat ishchi va xizmatchilari nafaqat turli ma'raka-marosimlarga borishdan qo'rqqan, balki o'z ota-onasining ham janoza va ta'ziya marosimlarida qatnasha olmagan.

30. hozir: hamma ham xohlagan tadbir-marosimlarda bemalol qatnashmoqda.

Ana shunday saodatli kunlarga etkazgani uchun Alloh taologa cheksiz hamdu sano aytishimiz, bunday xayrli ishlarni amalga oshirayotgan barcha azizlarimizga cheksiz tashakkurlarimizni izhor qilishimiz kerak. Zero, bandalarini hamisha va har qachon shukr qilishga buyurgan Alloh birinchi navbatda o'zini shukrni qabul qiluvchi deb atagan: «Agar shukr qilsangiz va imon keltirsangiz, Alloh sizlarni azoblab nima ham qiladi?! Alloh shukrni qabul etuvchi va biluvchi Zotdir» (Niso surasi, 147-oyat).

Bishr Hofiy shukr haqida: «A'zolaridan faqat tili bilan shukr qilgan kishining shukri noqis bo'ladi. Chunki ko'zning shukri – biror yaxshilik ko'rganda unga qarash, yomonlikni ko'rganda, yumish. Quloqning shukri – yaxshilikni eshitganda yodlab olish, yomonlikni esa unutish. Qo'llarning shukri – ular bilan haqqi bo'lgan narsalardan boshqa narsani ushlamaslik. Me'da (qorin)ning shukri – halol narsalar bilan oziqlanish. Aql va qalbning shukri – ilm va hilm bilan ziynatlanish. Oyoqlarning shukri esa – yaxshilikdan boshqa yo'lda yurmaslik. Kim mana shularni bajarsa, haqiqiy shukr qiluvchilardan bo'ladi», – deydi.

Buyuk avliyo, ulug' mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari shunday duo qilgan ekanlar:

Iloyo, dilimni zikringga zokir ayla,

Iloyo, tilimni shukringga shokir ayla!

Jannatmakon yurtimiz tinchligi, mukaddas Vatanimiz ravnaqi, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi uchun hamda muborak dinimiz kamoloti, masjidu-madrasalarimiz obodligi uchun hizmat qilayotgan har bandani Alloh taolo ikki dunyoda ham azizu-mukarram qilsin!

Iloho mustaqilligimizni abadiy qilsin!

 

Ibrohimjon INOMOV,

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Payariq tumanida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi

19.03.2026   24845   1 min.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Payariq tumanida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi.

Ziyoratgohning qoq markazida buyuk hadisshunos bobomizning tabarruk maqbarasi o‘rin olgan. 

Davlatimiz rahbari maqbarani ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. 

– Muborak Ramazon hayiti arafasida buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlarining ruhi poklariga yana bir bor hurmat-ehtirom bajo keltirmoqdamiz. Buxoriy bobomiz Qur’oni karimdan keyingi eng mo‘tabar manba bo‘lgan hadislar kitobini yaratib, butun islom olamida shuhrat qozongan ulug‘ siymodir. Muqaddas zaminimiz dunyoga mana shunday mashhur allomani bergani bilan har qancha faxrlansak, arziydi.

El-yurtimizning fidokorona mehnati bilan bugun orzu-niyatlarimiz ro‘yobga chiqdi. Bu betakror ziyoratgohni Imom Buxoriy bobomizning olamshumul mavqeiga, yuksak maqomiga munosib darajada bunyod etishga muyassar bo‘ldik. Mana shunday tabarruk maskan barchamizga muborak bo‘lsin, – dedi davlatimiz rahbari.

 

O'zbekiston yangiliklari