Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Noyabr, 2026   |   16 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:15
Asr
15:15
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
26 Noyabr, 2026, 16 Jumadul soni, 1448

Senga nima bo'ldi, Ummu Soib?

27.11.2023   1674   3 min.
Senga nima bo'ldi, Ummu Soib?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummu Soib roziyallohu anho bemor bo'lganida ko'rgani kirib dedilar:
Senga nima bo'ldi, harakatlanishing qiyin bo'lib qoldi?
- Bezgak. Alloh unga baraka bermasin!
Bezgakni qarg'ama! Bezgak temirchining bosqoni temirning zanglarini ketkazgani kabi odam bolasining xatolarini ketkazadi.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir katta yoshli a'robiyni ko'rgani kirdilar. Unga: 
- Zarari yo'q. Tozalovchidir, inshaalloh! - dedilar.
U:
Tozalovchi?! Yo'q, u qari cholni qabrga olib ketuvchi qattiq isitmadir! – dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
– Unda, shunday bo'la qolsin! – dedilar.


Alloh taolo mo'min bandasini uchta sabab uchun bemorlik bilan imtihon qiladi:
1. Alloh bandaning qilgan xatolarini bemorlik bilan ketkazib, uning pokiza holda jannatga kirishini xohlaydi.


  1. Alloh bandasini O'zidan uzoqlashib ketganini ko'radi. Uni O'ziga qaytarish uchun kasallikka mubtalo qiladi. Inson bemor bo'lsa, siniqadi va Allohga qaytadi. Alloh misol bilan taqqoslashdan oliydir. Ammo tushunishimiz uchun aytamizki, qo'ylar chekkaga chiqib ketsa, cho'pon uni darhol asosi bilan qaytaradi. Qaytib kelsa, boshqa tegmaydi.

  2. Alloh taolo bandasiga jannatda oliy maqom hozirlab qo'ygan bo'ladi. Banda amali bilan u joyga eta olmaydi. Alloh unga bemorlik kabi narsalarni berib, darajasini ko'taradi. O'ziga tayyorlab qo'yilgan maqomga munosib bo'ladi.


Allohga yaxshi gumonda bo'laylik. Unga bo'lgan iymonimizga shak oralamasin. Alloh taolo bizga azob berishga muhtoj emas. U bizga onamizdan ham mehribon. Baloyimizda odobli bo'laylik. Bemorligimizni hamd bilan, oh-vohlarimizni istig'for bilan ziynatlaylik. O'zimizdan yuqoridagi uchta sababni qidirib ko'raylik.


Agar gunohimiz bo'lsa (hammamizda gunoh bor) : «Ey Allohim! Senga hamd bo'lsin! Meni gunohlarimdan poklading», deylik. Albatta, ko'p dorilar achchiq bo'ladi.


Agar bizda birinchisi ham, ikkinchisi ham bo'lmasa va bemorlik xatolarimizdan kattalashib ketsa, bunday deylik:
«Allohim, o'ylaymanki, Sen men uchun jannatda oliy maqom hozirlab qo'yibsan. Mening amallarim unga etishim uchun kifoya qilmaydi. Sen mening ana shu nuqsonimni to'ldirish uchun bu bemorlikni berding. O'zingga hamd bo'lsin!»


«Nabaviy tarbiya» kitobi asosida tayyorlandi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dunyo e’tirofining bir namunasi

25.11.2026   14759   2 min.
Dunyo e’tirofining bir namunasi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.

Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.

Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.

Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.

Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.

Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).

Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.

Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!  

 

 Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Maqolalar