Sayt test holatida ishlamoqda!
09 May, 2025   |   11 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:38
Quyosh
05:11
Peshin
12:24
Asr
17:21
Shom
19:32
Xufton
20:58
Bismillah
09 May, 2025, 11 Zulqa`da, 1446

MUSTAQILLIK – ULUG' NYe_''MAT, VATAN – JONDAN AZIZ!

30.08.2021   1582   5 min.
MUSTAQILLIK – ULUG' NYe_''MAT,  VATAN – JONDAN AZIZ!

Alloh taolo insonni tabiatan madaniy, jamoaviy hayotga moyil va boshqalar bilan o'zaro muloqot qilib yashaydigan holda yaratdi. Shu bois barchamiz boshqalar bilan muloqot qilishga, ular bilan fikrlashishga va jamoaviy yashashga muhtojmiz. Odam farzandi uchun kimlar bilan yashashi katta ahamiyat kasb etganidek, qayerda yashashi ham muhim hisoblanadi.

Odatda, barchamiz o'zimiz tug'ilib-o'sgan joyni yaxshi ko'ramiz, qadrlaymiz. Mahallamizning nafaqat odamlari, hatto yo'llari, uylari, ariqlari – xullas hamma narsasi aziz. Yaqinda bir tanishim “dom”ini sotib, hovliga ko'chib o'tdi. Uy bekasi “dom”dan ko'ra yaxshiroq maskanga ko'chib o'tishiga qaramasdan, qadrdon boshpanasidan ayrilayotgani uchun yig'labdi. Hatto unda-bunda “dom”i oldidan o'tib qolsa, turmush o'rtog'iga bir ko'rib o'tishni iltimos qilar ekan.

Inson o'zi yashaydigan joyini yaxshi ko'radi, sevadi. O'z erini, uy-joyini qadrlaydi va uni himoya qiladi. Chunki u joylarda uning yaxshi kunlari, quvnoq yoshligi, ota-bobolarining xotiralari va o'z farzandlarining jarangdor kulgilari yaqqol namoyon bo'lib turadi. Bu joy VATAN deyiladi. Inson vatanini sevishi, unga muhabbat qo'yishi uning tabiatida bor.

Ho'sh, Vatanni sevish, uni ardoqlash va himoya qilish haqida muqaddas dinimizda deylgan?

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Makka sendan ko'ra menga sevimliroq va suyukliroq shahar yo'q. Agar qavmim seni tashlab chiqishimga majbur qilmaganida aslo sendan boshqa joyni makon tutmasdim”, deya Makka shahridan chiqib ketayotganlarida marhamat qilgan ekanlar (Imom Termiziy rivoyati).

Vatanning havosi, suvi, tuprog'i – barcha-barchasi shifo. Ajdodlarimiz uzoq yo'l bosib kelgan mehmonga dastlab qatiq bergani boisi shuki, avvalo, qatiq charchoqni oladi, qolaversa, musofirning yurtga moslashishida asqotar ekan.

Nabiy alayhissalom biror kishi betobligidan shikoyat qilib kelsa, barmoqlarini muborak so'laklari bilan ho'llab, so'ngra tuproqqa surib, kasalga surtib dam solganlar. Bu haqda Oysha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Qachon bir insonning tobi qochsa yoki yarami, jarohatmi paydo bo'lsa, Nabiy sollallohu alayhi va sallam panjalarini bundoq qilib ko'tarar va: “Bismillahi, turbati arzina. Biriyqoti ba'zina. Liyushfa bihi saqiymuna. Bi izni Robbina” (ya'ni, Allohning ismi ila dam solurman. Yerimizning tuprog'i va birimizning tupugi ila. Rabbimizning izni ila bemor shifo topsin), der edilar» (Imom Buxoriy rivoyati).

Inson o'zi yaxshi ko'rgan narsasini hidlasa ham shifo bo'ladi. Shuning uchun yaxshi ko'rishganlar bir-birlari bilan ko'rishishlari davo turlaridan hisoblanadi. Ya'qub alayhissalom o'g'illari Yusuf alayhissalom sog'inchida ko'zlari ojiz bo'lib qoldi. Yusuf alayhissalomning ko'ylaklarini boshlariga tashlaganlarida ko'rmay qolgan ko'zlari shifo topdi.

Ibrohim Halilulloh vatanlari Makkai mukarrama uchun duo qilgan: «Ibrohimning: “Rabbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin”, deganini esla...» (Baqara surasi, 126-oyat).

Ibrohim alayhissalomning duolari qalblaridan toshib chiqqan muhabbat edi. Makkaga tinchlik va rizq so'radilar. Zero, bu ikki ne'mat Vatan farovonligi omillaridandir. U ikkisi yoki biri topilmasa, baxt-saodat yo'qoladi.

Ajdodlarimiz qadimdan o'z Vataniga muhabbati tufayli boshqalardan ajralib turgan. Shiroqning qahramonligini Vatan muhabbatidan boshqa nima deya olamiz? O'z jonini Vatan uchun fido qilishdan ham ortiq ish bormi?!

Buyuk bobomiz, xalqimiz faxri Amir Temurdek zot hayotining mazmuni, betakror faoliyati va hayratomuz ishlarining asosida Vatan ozodligi, Vatanga muhabbat degan oliy qadriyatlar o'z aksini topgan.

 Alloh taolo shu aziz Vatannining muhabbatini barchamizning qalbimizga joy aylasin! Shu jannatmonand diyorimizning mustaqilligini abadiy qilsin! Turli ofat, balo-qazolardan asrasin!

Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin!

 

Zulayho SOATOVA,

Toshkent shahar bosh imom-xatibining

xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

"Huquqiy savodxonlik oyligi" doirasidagi tadbirlar

08.05.2025   2685   1 min.

Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov tomonidan muassasa o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalariga "Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’milash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi"ning mazmun-mohiyatini ifoda etuvchi maxsus kurs mashg‘uloti o‘tib berildi.

Tadbir davomida Konsepsiyada mustahkamlangan vijdon erkinligi tamoyillari, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari keng yoritildi. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Manba: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati