2021 yil 28 avgust kuni O'zbekiston Halqaro islom akademiyasida bir guruh taniqli ulamolar, islomshunos olimlar, tajribali imom-xatiblar, mohir mudarrislar, faol otinoyilar va diniy soha xodimlari “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi.
Habaringiz bor, 2021 yil 23 avgust kuni Davlatimiz rahbari «O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlash to'g'risida»gi farmonni imzoladi.
Diniy-ma'rifiy sohada fidokorona mehnat qilayotgan taniqli ulamolar, tajribali imom-xatiblar, jonkuyar mudarrislar va diniy soha xodimlari ham «O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni sohibi bo'lganlari juda ham quvonarli hol bo'ldi.
Mazkur fidoiy va jonkuyar insonlarga Alloh taboraka va taolodan din, xalq va Vatan yo'lidagi xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar bardavom bo'lishini tilaymiz, xususan, «O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni muborak bo'lishini so'raymiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mo‘minning ishi ajoyibdir. Uning hamma ishi o‘ziga yaxshilikdir. Bu mo‘minlarga xos bo‘lib, boshqalarda unday emas. Agar unga xursand qiluvchi narsa yetsa, shukr qiladi. Bu u uchun yaxshidir. Agar zarar beruvchi narsa yetsa, sabr qiladi. Bu ham uning uchun yaxshi bo‘ladi", dedilar (Imom Muslim rivoyati).