Inson qilayotgan ishlarining qanday natija berishi, avvalambor qalbidagi niyatiga bog'liq. Yaxshi niyat qilgan bo'lsa, yaxshilikka, yomon niyat qilgan bo'lsa, o'sha maqsadga etadi. Niyatni xolis qilish uchun, kishining qalbi pok ma'naviy illatlardan xoli bo'lishi lozim. Inson qalbining pokligi uni ezguliklar sari etaklaydi. Inson xar doim xar soxada, xar bir pok va xalol ishda niyatini yaxshilashi lozim.
Allox buyurgan amalni U Zot roziligi uchun bajarishga qalbni forig' qilish niyatdir. Amallarning to'g'ri bajarilishi, mukammalligi, savobining to'kis bo'lishi niyat va ixlos bilan chambarchas bog'liq. Qilinayotgan amallar Alloh uchunmi yoki boshqa maqsadda qilinyaptimi, bandaning ibodatga munosabati, Parvardigoriga xurmati qanchalik baland ekani uning niyatidan ma'lum bo'ladi. Yaxshi niyat va ezgu amallar o'z egasini jannat sari etaklovchi amallardandir. Inson niyatini to'g'ri qilsa, nafsini turli yomonliklardan poklasa, albatta, u dunyo va oxiratda baxtlilar qatorida bo'ladi.
Umar ibn Hattob (r.a) rivoyat qiladi: “Men Rasulullox (s.a.v): Albatta amallar niyatga bog'liq. Har bir kishining niyat qilgan narsasi bo'ladi”, deb aytganlarini eshitganman, dedilar. (Buxoriy, muslim rivoyati).
Solih salaflardan biri dedilar: “Men xar bir narsada niyatim bo'lishini juda xam yaxshi ko'raman. Hatto taom eyish, suv ichish, foydali ishlarni qilishda niyatim bo'lishini istayman. Bularning barchasida Allox taologa qurbatni qasd etish mumkin bo'ladi, zero tananing sog'lom, qalbining forig' bo'lish sabablarini keltirish dinning muhim talablaridan xisoblanadi. Kim taom tanavul qilishdan ibodatga kuvvat bo'lishini, o'ylanishdan dinining mustahkamlashini, ahli qalbini poklashni va o'zidan keyin Alloh taologa ibodat etadigan farzand ato etilishini niyat qilsa, barcha niyatlariga yarasha savob oladi. Qiladigan amalingizdan oldin niyatingizni to'g'ri va yaxshi qiling. Yaxshilikni niyat qiling! Uni amalga oshira olmasangiz xam, uni doimo bajarayotgan bo'lasiz. Agar amal bo'lmasa xam, niyat amal qilgan bo'ladi. Chindan xam bir kishi kechasi turib nafl namozini o'qishga niyat qildi, ammo uxlab qoldi, uning nomai a'moliga niyat qilgan amalining savobi yoziladi, garchi uni bajara olmasa xam ”.
Bu xikmatli dunyoda xar bir inson, pokiza qalb sof aqidaga ega bo'lishi va xar bir qiladigan ishidan oldin niyatini yaxshi qilishi va shu niyati orqali ikki dunyo baxt-saodatiga erishishi muximdir.
Odiljon Narzullayev
Yangiyul tumani
“Imom Sulton” jome masjidi Imom xatibi.